Sharqiy Gutaning Hammuriya shaharchasi takror nazorat ostiga olindi

Muxolafat guruh Hammuriya shaharchasiga kirgan rejim kuchlari va ularni qo’llab-quvvatlaganlarga qarshi kurash olib borib, natijada takror markaz nazoratini qo’lga oldi.

931320
Sharqiy Gutaning Hammuriya shaharchasi takror nazorat ostiga olindi

Suriyalik muxolafat guruh kecha kechqurun Sharqiy Gutaning Hammuriya shaharchasiga kirgan Bashar al-Asad rejimi va rejimni qo’llab-quvvatlaganlarga qarshi kurashib, natijada, shaharcha markazini takror nazorat ostiga oldi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining o’q uzishni to’xtatish haqidagi qaroriga amal qilmagan rejim kuchlari, 3-mart kuni Sharqiy Gutani bosib olish maqsadida boshlatgan amaliyoti doirasida, mintaqaga qarshi quriqlikdan va havodan og’ir hujum uyushtirib, ana shu kuniyoq oqshom soatlarida shaharcha markaziga kirib, ilgarilagan edi.  

Muxolafat guruh Hammuriya shaharchasiga kirgan rejim kuchlari va ularni qo’llab-quvvatlaganlarga qarshi kurash olib borib, natijada takror markaz nazoratini qo’lga oldi.

Suriyada Bashar al-Asad rejimi va mazkur rejimni qo’llab-quvvatlaganlar Sharqiy Gutani 12-mart kuni uchga bo’lgan holda, janubdagi bo’limda o’rin olgan Hammuriya shaharchasi va uning yaqinidagi muxolafat hududlariga chiqish yo’llarini nishonga olgan edi. Buning ustiga kun bo’yi shaharchadan qariyb 3 ming nafar tinch aholi, rejim kuchlarining nazorati ostidagi mintaqalarga chiqishga majbur qolgan.

Rejim kuchlarining Sharqiy Gutadagi bombardimoni oxirgi ikki kun ichida 51 nafar tinch aholi umriga zomin bo’ldi. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining o’q uzishni to’xtatish haqidagi qaroriga amal qilmagan rejim kuchlari 3-mart kuni Sharqiy Gutaga qarshi quriqlikdan amaliyot boshlatgan edi.

BMTXK 24-fevral kuni qabul qilgan qarori orqali Sharqiy Guta bosh bo’lish bilan birga Suriya bo’ylab tinch aholining ziyon ko’rmasligi uchun o’q uzishni to’xtatishni talab qilishiga qaramay “kechiktirilmagan holda” amal qilishga hukm qilingan qarorning qanday qilib kuchga kirishi noma’lumligicha qolgan. BMTXK qarori ortidan Rossiya 27-fevral kuni o’q uzishni har kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:00 dan boshlab 14:00 gacha (Turkiya vaqti bilan 10:00-15:00) to’xtatishni e’lon qilib, rejimning bunga amal qilajagini ilgari surgan edi.     



Aloqador xabarlar