Iroq janubida hokimiyat ishchilari namoyish o'tkazdi

Basra viloyatiga qarashli Zubayir tumani hokimligida mehnat qilgan ishchilar ikki oydan beri maosh olmaganligidan nolimoqda.

928062
Iroq janubida hokimiyat ishchilari namoyish o'tkazdi

Iroq janubida joylashgan Basra viloyatiga qarashli Zubayir tumani hokimligida mehnat qilgan ishchilar namoyish o'tkazdi.

Ular ikki oydan beri maosh olmaganligidan nolimoqda.

Ishchilar ikki oylik maoshi to'lanishini talab qilib, hokimiyat binosi oldiga axlat to'kdi.

Ba'zi darg'azab ishchilar hokimiyat binosini toshbo'ron qildi.

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun kuch ishlatdi.

Basra qo'shma operatsiyalar qo'mondonligida xizmat qilgan mayor Muhammad Halef: "Ishchilar qonun asosida o'z haqlarini talab qilishi mumkin, lekin davlat mulkiga ziyon yetkazishlariga ruxsat berilmaydi. Shu sababli kerakli joylarda xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirildi",-dedi.

Iroqning neftdan tushgan daromadining 80%iga ega bo'lgan Basrada davlat xizmatining yomonligi tufayli vaqti-vaqti bilan namoyishlar o'tkazilib turadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Basra , #namoyish , #oylik ish haqlari , #ishchilar

Aloqador xabarlar