Yamanning Al-Hudeyda viloyatida mina portladi

Al-Hudeyda viloyati His tumaniga qarashli Vodiy Nahle mahallasida ro’y bergan portlashda bir oiladan jami 7 kishi halok bo’ldi.

925250
Yamanning Al-Hudeyda viloyatida mina portladi

Yamanning Al-Hudeyda viloyatidagi bir uyning yonida mina portlatildi.

Portlash oqibatida bir oiladan jami 7 kishi halok bo’ldi.

Bu voqea Al-Hudeyda viloyati His tumaniga qarashli Vodiy Nahle mahallasida ro’y bergan.

Voqeada 4 kishi jarohat olgan.

Yaradorlardan birining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

Husiylarni uy va ekin maydonlariga mina joylashtirganlikda ayblagan mahalliy vakillar bu shaklda qo’shin kuchlariga to’sqinlik qilinganligini ta’kidlamoqda.

Yaman qurolli kuchlarida xizmat qilgan muhandislar avvalgi kuni hukumat nazoratidagi hududlarga joylashtirilgan minalarni yo’q qilishga kirishdi.

Husiylar mavzuga doir biron izoh bildirmadi.

Al-Hudeyda viloyatiga qarashli Al-Huha va His tumanlari hukumat kuchlari nazoratida.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #mina , #Al-Hudeyda , #portlash , #Husiylar

Aloqador xabarlar