Chad Respublikasi Qatar bilan diplomatik munosabatlarni qayta tikladi

Qatar va Chad o’rtasida ko’rfaz inqirozi tufayli to’xtab qolgan diplomatik munosabatlarni qayta tiklash maqsadida anglashuv memorandumi imzolandi.

914979

Poytaxt Dohadagi tashqi ishlar vazirligi binosida mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Bin Abdurahmon Al Sani bilan Chad tashqi ishlar vaziri Muhammad Zayn Sharif o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalarni qayta tiklash maqsadida anglashuv memorandumi imzolandi.

Kelishuvga ko’ra, ikki davlat elchilari o’z xizmat joyiga qaytadi.

Eslatma: Saudiya Arabistoni, BAA, Bahreyn va Misr hukumatlari 2017 yilning 5 iyun kuni Qatar bilan barcha diplomatik munosabatlarni to’xtatgan edi.

Mazkur davlatlarning Qatarga nisbatan iqtisodiy embargo joriy etgani ko’rfaz mintaqasida inqirozga sabab bo’lgandi.

Qatarni Liviya hududi orqali o’z davlatining tinchligini buzganlikda ayblagan Chad hukumati 23 avgustda Qatar elchixonasi faoliyatiga chek qo’yib, qatarlik diplomatlarga mamlakatni tark etishi uchun 10 kun muhlat bergandi.

Aloqador xabarlar