Braziliyaning Goyas shtatidagi qamoqxonada mahbuslar isyon ko'tardi

Isyon oqibatida 9 mahbus halok bo'lgan, 14 mahbus yaralangan.

880007
Braziliyaning Goyas shtatidagi qamoqxonada mahbuslar isyon ko'tardi

Braziliyaning Goyas shtatida joylashgan qamoqxonada 2018 yilning birinchi kuni mahbuslar isyon ko'tardi.

Isyon oqibatida 9 mahbus halok bo'lgan, 14 mahbus yaralangan.

Tegishli vakillar “Kolonia Agroindustrial” qamoqxonasidagi raqib guruhlar o’rtasida janjal kelib chiqqanini ma’lum qildi.

Mahbuslar matraslarni yoqib, yong'in kelib chiqishiga sabab bo’lgan.

Shuningdek, isyon paytida 106 mahbus qochib ketgan.

Ulardan 29 nafari ushlangan, 77 mahbus qidirilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Braziliya , #qamoqxona , #isyon , #mahbus

Aloqador xabarlar