Tehron hukumati Saudiya Arabistoni va AQShni Eronga tuhmat qilganlikda aybladi

Tehron hukumati kecha Yamandagi husiylar tomonidan Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga otilgan ballistik raketaning Eron mahsuloti ekanligi haqidagi tuhmatlarga munosabatini bildirdi.

872251
Tehron hukumati Saudiya Arabistoni va AQShni Eronga tuhmat qilganlikda aybladi

 

Eron Saudiya Arabistoni va AQShni Eronga tuhmat qilganlikda aybladi.

Tehron hukumati kecha Yamandagi husiylar tomonidan Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga otilgan ballistik raketaning Eron mahsuloti ekanligi haqidagi tuhmatlarga munosabatini bildirdi.

ISNA axborot agentligiga bayonot bergan Eron tashqi ishlar vaziri kotibi Behram Qosimiy: “Yaman bilan qurol bo’yicha aloqamiz yo’q. Eronning turli ekstremist guruhlarga qurol berayotganligi haqidagi iddaolarni rad etamiz va bu yolg’onni qabul qila olmaymiz”,-dedi.

Qosimiy: “Yaman qamal ostida va bunday ehtimol bo’lishi mumkin emas. Xatto, Yamanga gumanitar yordamlarning ham kirish ehtimoli yo’q”,-dedi.

Uning fikricha, husiylar tomonidan ishlatilgan qurollar avvalgi hukumat davridan qolgan bo’lishi mumkin.

Kecha Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodga Yamandagi husiylar tomonidan otilgan ballistik raketa mudofaa tizimlari vositasida urib tushirildi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya bayonot bergandi.

“Eron mahsuloti bo’lgan ballistik raketalarning Eron tomonidan qo’llab quvvatlangan husiylar va boshqa terror guruhlarining qo’lida ekanligi nafaqat mintaqa xavfsizligiga, balki xalqaro xavfsizlikka ham katta tahdid bo’lib hisoblanadi”,-deyiladi bayonotda.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Haley: “Avvalgi hujumlarda ham Eron mahsuloti bo’lgan qurollar ishlatilgandi”,-dedi.

Haley bundan oldin ham husiylarning 4 noyabrda Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga raketa otganini ma’lum qilib, Eronni ayblagan edi.

Tehron bu iddaoni ham qabul qilmagan edi.

Eslatma: Saudiya Arabistoni raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimlari noyabr boshi va oxirida Yamandan otilgan ikkita ballistik raketani urib tushirgandi.

Birinchi raketa 4 noyabrda Ar-Riyoddagi xalqaro aeroport yaqinida, ikkinchisi 30 noyabrda mamlakat janubidagi Hamis-Mushayt shahri yaqinida urib tushirilgan.  

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya 2015 yilning mart oyidan beri Yamanda husiylarga qarshi kurashmoqda.

Bu kurash jarayonida mamlakatda jami 9000ga yaqin inson nobud bo’ldi.



Aloqador xabarlar