Yamanda Husiylar bilan sobiq prezident Salih tarafdorlari o'rtasida nizolar avj olmoqda

BMTning Yamandan mas’ul gumanitar yordam kordinatori Jamie McGoldrick poytaxt Sanada amaldagi hukumatga qarshi kuchlar o’rtasida davom etayotgan to’qnashuvlarni to’xtatishga chaqirdi.

860619
Yamanda Husiylar bilan sobiq prezident Salih tarafdorlari o'rtasida nizolar avj olmoqda

Yamanda hokimiyatni qo’lga olgan Husiylar bilan sobiq prezident Ali Abdullah Salih tarafdorlari o’rtasida anchadan beri davom etib kelayotgan dahanaki jang kecha takror avj oldi.

Bu haqda Salih tarafdorlari orasidan oliy martabali harbiy vakil ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Husiylar Jazoyir ko’chasini egallash maqsadida atrofdagi mahallalarga kirib kelgan. Salih tarafdori bo’lgan kuchlar ularga qarshilik ko’rsatishi bilan o’rtada otishma sodir bo’lgan.

Otishmalar natijasida Husiy jangarilar hududdan uzoqlashishga majbur bo’lganlar.

“Husiy jangarilar tanklar bilan ustimizga bostirib keldilar. Biz esa, harbiy jihatdan ojizmiz. Ikki tomondan ham o’ndan ziyod qurbonlar va yaradorlar bor”,-dedi harbiy vakil.

BMTning Yamandan mas’ul gumanitar yordam kordinatori Jamie McGoldrick poytaxt Sanada amaldagi hukumatga qarshi kuchlar o’rtasida davom etayotgan to’qnashuvlarni to’xtatishga chaqirdi.

“Sanada amaldagi hukumatga qarshi kuchlar o’rtasidagi o’zaro nizolardan xavotirdamiz. To’qnashuvlarni zudlik bilan to’xtatish zarur”,-dedi Jamie McGoldrick.

To’qnashuvlar sababli tinch aholi qo’rquv va vahimada ekanini tilga olgan Jamie McGoldrick: “Husiylar va Salih tarafdorlari o’rtasidagi to’qnashuvlar 10 dan ortiq insonning hayotiga zomin bo’lgani va yuzlab insonning jarohatlanishiga sabab bo’lgani aytilmoqda”,-dedi.

Jamie McGoldrick tomonlarni xalqaro inson huquqlariga itoat qilishga va tinch aholi bilan shahar poydevorini saqlab qolishga chaqirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #BMT , #Sana , #Jamie McGoldrick , #Husiylar

Aloqador xabarlar