Yamanda kuniga 130 bola nobud bo'lmoqda

Yamanda faqatgina joriy yilning o'zida 50 mingdan ziyod bolaning nobud bo'lgani taxmin qilinmoqda.

849158
Yamanda kuniga 130 bola nobud bo'lmoqda

Yamanda kuniga 130 bola nobud bo'lmoqda.

"Save The Children" (Bolalarni himoya qilaylik) nomli xalqaro yordam tashkiloti Yamanda ikki yildan beri davom etib kelayotgan ichki nizo talofatlari haqida hisobot tayyorladi.

Hisobotga ko'ra, mamlakatda kuniga kamida 130 bola ocharchilik yoki turli kasalliklar tufayli nobud bo'lmoqda.

Yamanda faqatgina joriy yilning o'zida 50 mingdan ziyod bolaning nobud bo'lgani taxmin qilinmoqda.

Riyodda ballistik raketa hujumidan so'ng, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan Husiylar nazoratidagi hududlarning qamal qilingani Xalqaro yordam tashkiloti "Save The Children"ning tanqidlariga uchragan edi.

Mazkur tashkilot Yamanda qamal tufayli bolalar o'limlari ko'payishi mumkinligidan xavotirda.

4 noyabr kuni Yamandagi Husiy jangarilar Riyodga ballistik raketa otdi. Bu esa, Saudiya Arabistonining qamal qilish to'g'risidagi qaroriga sabab bo'ldi.

Xalqaro maydonda tazyiqlar kuchaygach, Saudiya Arabistoni dushanba kuni Husiylar tomonidan nazorat qilingan aeroport va portlar ustidagi qamalni bekor qilishini ma'lum qilgandi.

Yamanda Husiylar bilan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya o'rtasida 2014 yildan beri davom etgan to'qnashuvlarda 10 mingdan ziyod inson halok bo'ldi.

Taxminan 3 mln inson boshpanasiz qoldi.

 



Aloqador xabarlar