Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Mesut Barzaniyning iste'fosi talab qilinmoqda

“Xalqimiz qon to’kib qo’lga kiritgan ba’zi imkoniyatlarni qo’ldan boy berdi. Peshmarganing haybati o’chdi. Bir qancha do’st davlatlardan ajraldik. Bularning sababchisi muvaffaqiyatsiz bo’lgan hukumatdir”,-deydi Goran harakati faollari.

832172
Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Mesut Barzaniyning iste'fosi talab qilinmoqda

Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvida muxolifat boshchiligidagi Goran harakati faollari Mesut Barzaniy va o’rinbosari Kosret Rasulning lavozimdan iste’fo etishini talab qildi.

Goran harakati kotibi Sho’resh Xoji Sulaymoniya viloyatidagi partiya markazida matbuot anjumani o’tkazdi.

“Xalqimiz qon to’kib qo’lga kiritgan ba’zi imkoniyatlarni qo’ldan boy berdi. Peshmarganing haybati o’chdi. Bir qancha do’st davlatlardan ajraldik. Bularning sababchisi muvaffaqiyatsiz bo’lgan hukumatdir”,-deydi Goran harakati faollari.

Mesut Barzaniy va o’rinbosari Kosret Rasulning hech qanday huquqi qolmaganini tilga olgan Goran harakati kotibi Sho’resh Xoji: “Lavozimdan iste’fo etishi kerak. Ayni paytda mavjud hukumatning parlamenti tarqatilishi kerak. Milliy ozodlik hukumati tashkil qilinishi zarur. Rahbarlik qonuni bekor qilinib, qaytatdan ko’zdan kechirilishi kerak”,-dedi.



Aloqador xabarlar