Arbil va Sulaymoniyadan uyushtirilgan havo safarlari bekor qilindi...

Iroq mintaqaviy kurt boshqaruvining nazoratidagi aeraportdan havo safarlari bekor qilingani bildirildi.

817262
Arbil va Sulaymoniyadan uyushtirilgan havo safarlari bekor qilindi...

Markaziy Iroq hukumati, Iroq mintaqaviy kurt boshqaruvining (IMKB) nazoratidagi aeraportdagi havo safarlarini bekor qilish qarorining kuchga kirganini ma'lum qildi.

Bog'dot markaziy hukumati, mintaqaviy boshqaruvga IKMBdagi referendum tufayli Arbil va Sulaymoniya chegara darvozasining nazoratini uch kun ichida o'zlariga topshirilishi uchun ogohlantirgan edi.

IMKB esa konstitutsiyaga zid bo'lganini ilgari surib bu talabni rad etgan edi.

IMKB Arbil xalqaro aeraporti mudiri Telar Faik, so'ngi hodisalardan keyin, harbiy, diplomatik va BMTga oid havo safarlaridan tashqari barcha xalqaro safarlar mahalliy soat bilan 18:00 dan keyin bekor etilgani e'lon qilindi.



Aloqador xabarlar