Shimoliy Koreya Trump so’zlarini “urush e’loni” deya baholadi

AQSh va Shimoliy Koreya o’rtasidagi taranglik davom etar ekan shu doirada kecha Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Ri Yong-ho, Amerika uchoqlariga o’q uzishlari mumkinligini qayd etdi.

814215
Shimoliy Koreya Trump so’zlarini “urush e’loni” deya baholadi

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Ri Yong-ho, Amerika uchoqlariga o’q uzishlari mumkinligini qayd etdi.

Yong-ho, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning o’tgan hafta Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida so’zlagan nutqi orqali Shimoliy Koreyaga urush e’lon qilganligini belgilab;

“Havo sohamizga kirmasa ham AQShning strategik bombardimon uchoqlariga o’q uzish huquqiga egamiz” dedi.

Nyu-Yorkda matbuot anjumani uyushtirgan Ri “O’tgan hafta AQSh Prezidenti Donald Trump, liderligimizning uzoq davom etmasligini qayd etgan holda va nihoyat mamlakatimizga urush e’lon qilgan bo’ldi” deya gapirdi.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirining huddi mana shu bayonotiga AQSh Mudoffa vazirligi javob berdi.

AQSh Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati rahbari polkovnik Rob Manning, mintaqada qanaqadir harbiy harakatning boshlab boshlamaganligi haqidagi bir savolga,

“Bugun oqshom vaqtida, urushga tayyor vaziyattamiz” deya javob berdi.

Manning,

“Agar Shimoliy Koreya ig’vogar say-harakatini bas qilmagudek bo’lsa unda Prezidentga, Shimoliy Koreya haqidagi kerakli takliflarimizni taqdim etamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Oq uy voizi Sarah Sanders ham, “AQSh bizga urush e’lon qildi, o’q uzish huquqiga egamiz” degan Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri so’zlarini baholar ekan,

“Shimoliy Koreyaga urush e’lon qilganimiz yo’q. Buni taklif qilishlikning o’zi ajoyib” dedi.

AQSh Mudofaa vazirligi o’tgan hafta, Amerika Harbiy-havo kuchlariga oid B-1B Lanjer rusumidagi bombardimon uchoqlari va ularga hamrohlik qilgan raketalarning, Shimoliy Koreya chegarasida uchganligini ma’lum qilgan edi.

 



Aloqador xabarlar