Iroqning Mo’sul va Al-Anbar viloyatlarida DAIShga og'ir zarba...

Iroqning Mo’sul va Al-Anbar viloyatlarida DAIShga qarshi olib borilgan harbiy operatsiyada 48 jangari o’ldirildi.

810413
Iroqning Mo’sul va Al-Anbar viloyatlarida DAIShga og'ir zarba...

Iroqning Mo’sul va Al-Anbar viloyatlarida DAIShga qarshi harbiy operatsiya o’tkazildi.

Operatsiyada 48 jangari o’ldirildi.

Iroq qo’shinida xizmat qilgan mayor Jabbor Hasan bu haqda ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, DAIShga qarshi operatsiya Mo’sulning Telafar tumanida joylashgan Ali Husayin qishlog’i yaqinida amalga oshirilgan.

Operatsiyada 26 jangari o’ldirilgan. Bular orasida DAIShning iroqlik va xorijlik boshliqlari ham borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, Iroq kuchlari Anbar viloyatining Ona va Rayxona mahallalarini DAISh jangarilaridan qutqarish uchun operatsiya o’tkazdi.

Operatsiyada 22 jangari o’ldirildi.

Operatsiyada bomba joylashtirilgan 4 ta transport vositasi va 443 portlovchi modda yo’q qilindi.

Shuningdek, 75 km maydon mina va boshqa portlovchi moddalardan tozalandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Mo'sul , #Al-Anbar , #operatsiya , #DAISh

Aloqador xabarlar