Arab davlatlari Qatar bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga tayyor, lekin bir shart bilan...

Misr, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn talablarni bajargan taqdirda, Qatar bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

809743

Bu haqda Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukru bayonot berdi.

Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralari doirasida Misr, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn tashqi ishlar vazirlari muloqot o’tkazdi.

Muloqotdan so’ng bayonot bergan Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukru embargo tadbiq etgan mamlakatlar boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini, Qatar ham ularning ichki ishlariga aralashmasligi kerakligini aytdi.

“13 moddalik talablar ro’yxatini bajargan taqdirda, Qatar bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga tayyormiz”,-dedi Misr tashqi ishlar vaziri.

Eslatma: Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr hukumatlari shu yilning 5 iyun kuni Qatar bilan barcha diplomatik aloqalarni to’xtatishi oqibatida Ko’rfaz mintaqasida inqiroz yuzaga kelgan edi.

Qatarga embargo tadbiq etgan ushbu arab davlatlari munosabatlarni yaxshilash uchun Qatar hukumatiga 13 moddalik talab ro’yhatini taqdim etgan edi.

Qatar esa, xalqaro huquqqa hilof bo’lgan har qanday talabni qabul qilmasligini ma’lum qilgan edi.

Aloqador xabarlar