Portugaliyada 200 yillik chinor daraxti odamlar ustiga qulab tushgan

Bu hodisa diniy festival “Festa da Senhora do Monte” munosabati bilan butun dunyodan minglab odamlar to’plangan paytda ro’y bergan bo'lib,11 kishining hayotiga zomin bo'lgan.

790902
Portugaliyada 200 yillik chinor daraxti odamlar ustiga qulab tushgan

Portugaliyada ulkan daraxtning olomon ustiga qulashi oqibatida 11 kishi halok bo'ldi.

Bu voqea Atlas okeanidagi Madeyra orolining Fushal shahrida ro’y berdi.

Bu hodisa diniy festival “Festa da Senhora do Monte” munosabati bilan butun dunyodan minglab odamlar to’plangan paytda ro’y bergan.

Ular cherkov yonida ibodat uchun shamlar sotib olayotgan edi.

Ma’lum qilinishicha, daraxtning qulashi oqibatida kamida 35 kishi turli jarohatlar olgan.

Ular orasida yosh bolalar ham bo'lgan.

Yaradorlarning aksariyati suyak sinishi va boshining lat yeyishi kabi holatlar bilan  mahalliy shifoxonalarga jo'natilgan.

Voqea joyiga politsiya xodimlari, qutqaruvchilar va tez yordam xodimlari yetib kelgan.

Portugaliya RTP televideniyesi ma’lum qilishicha, qulab tushgan daraxt taxminan 200 yillik chinor daraxti bo’lgan.

Qurbonlar orasida ikkita yosh bola ham bo’lgan.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar