Qatardan, Arab davlatlarining shartini bajarishi talab qilinmoqda

Doha rahbariyatiga qaratilgan ushbu talab Bahrayn Qiroli Hamad bin Iso al-Xalifaning Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan Jidda shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvida tilga olindi.

782130
Qatardan, Arab davlatlarining shartini bajarishi talab qilinmoqda

Saudiya Arabistoni bilan Bahrayn Qatarni, kuzatgan siyosatini tuzatishga va munosabati uzilgan mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Bahrayn) talabini bajarishga undadi.  

Doha rahbariyatiga qaratilgan ushbu talab Bahrayn Qiroli Hamad bin Iso al-Xalifaning Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan Jidda shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvida tilga olindi.

Bahraynning “BNA” rasmiy axborot agentligi tarqatgan ma’lumotiga ko’ra Qirol al-Xalifa o’z yurtining xavfsizlik va barqarorligi uchun barcha xavflarga va tashqi aralashuvlarga qarshi kurashda har doim Saudiya Arabistonining Bahraynni qo’llab-quvvatlaganligini qayd etdi.

Qatar va ba’zi Arab davlatlari o’rtasidagi muammo 5-iyun kuni Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr rahbariyatining Qatar bilan bo’lgan barcha diplomatik munosabatlarini uzishi bilan boshlagan edi.

Qatarga sanksiya kiritgan to’rtta Arab davlati Qatar bilan bo’lgan munosabatini qayta tiklash uchun Doha rahbariyatiga 13 moddalik talab ro’yhati taqdim etgan. Qatar esa bunga qarshi xalqaro huquq talablariga javob bermaydigan hech qanday talabni qabul qilolmasliklarini ma’lum qilgan edi.  

Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Bahraynning Tashqi ishlar vazirlari Qatar bilan bo’lgan munosabatining kelajagini qo’lga olish maqsadida ikkinchi yig’ilishlarini 30-iyul yakshanba kuni Bahrayn poytaxti Manamada o’tkazgan edi.  

Huddi mana shu yig’ilish ortidan Bahrayn Tashqi ishlar vaziri Halid bin Ahmad al-Xalifa tomonidan o’qilgan qo’shma bayonotda, “To’rt mamlakat, terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashni va unga moliyaviy jihatdan yordam berishni, nafrat va ig’vogar mazmunda nutq so’zlashni, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashishni bas qilishga,  mintaqa va dunyo tinchligi va barqarorligini kafolatga olgan 13 moddalik odilona shartlarni bajarishga doir samimiy bayon berishi sharti bilan Qatar bilan muloqatni boshlatishga tayyormiz” degan edi.  

 

 

 

 



Aloqador xabarlar