Arab davlatlari yana 9 tashkilot va shaxsni terror ro’yhatiga kiritdi

Qatarga nisbatan sanksiya kiritgan Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari yana 9 tashkilot va shaxsni terror ro’yhatiga kiritdi.

777295

Misrning “MENA” axborot agentligi tarqatgan ma’lumotiga ko’ra nomi tilga olingan 4 ta mamlakat tomonidan chop etilgan qo’shma bayonotda terrorga qarshi kurash va terror manbaasini qutqarish say-harakati doirasida Qatar bilan to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita aloqa o’rnatgan 9 tashkilot va shaxs terror ro’yhatiga olingan.

Ushbu ro’yhatda eng avvalo Beng’ozi inqilobchilar kengashi, Liviyaning “Nebe” sun’iy yo’ldosh kanali va Yamanning xayriya jamg’armalari xodimlari o’rin olgan.

Aytib o’tish joizki Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari 9-iyun kuni chop etgan qo’shma bayonotida Qatar tomonidan qo’llab-quvvatlangan 59 kishi va 12 ta xayriya jamg’armasini “terror tashkiloti bilan aloqa o’rnatdi” degan sabab bilan “terror ro’yhatiga” olganliklarini e’lon qilgan edi.

Aloqador xabarlar