Qatar arab davlatlarining talablarini ko'zdan kechirmoqda

Qatar hukumati to’rt arab davlatining talablarini o’z ichiga olgan hujjatni qabul qilib oldi.

758970
Qatar arab davlatlarining talablarini ko'zdan kechirmoqda

Qatar hukumati to’rt arab davlatining talablarini o’z ichiga olgan hujjatni qabul qilib oldi.

Hukumat  bunga yaqinda rasmiy javob berishini ma’lum qildi.

Qatar Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Qatar hukumatini qamal ostiga olgan Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Quvayt vositasida o’z talab va istaklarini bayon etdi. Qatar hukumati buni ko’zdan kechirgach, rasmiy izoh bildiradi.

Qatar Tashqi ishlar vazirligining bayonoti Qatar rasmiy xabar agentligida ham e’lon qilindi.

Xabarga ko’ra, mazkur hujjat 22 iyun kuni Qatar hukumatiga topshirilgan.

“Qatar to’rt arab davlati tomonidan Quvayt vositasida berilgan hujjatni ko’zdan kechirmoqda. Qatar mavjud ziddiyatni bartaraf etishga g’ayrat qilgan Quvaytdan minnatdor”,-deyiladi Qatar Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #BAA , #Saudiya Arabistoni , #talab , #Bahrayn , #Misr

Aloqador xabarlar