Keniyaning Simo hududida kuchli portlash ro'y berdi

Portlash oqibatida 5 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

739140
Keniyaning Simo hududida kuchli portlash ro'y berdi

Keniyaning Simo hududida yo’lga joylashtirilgan qo’lbola bomba portlatilgan.

Portlash oqibatida 5 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

Ushbu portlash Mandera hokimi Ali Ibrohim Roba xizmat mashinasida voqea joyidan o’tib ketayotgan paytda ro’y bergan.

Robaning saylov kampaniyasi doirasida boshqa hududga ketayotgani aniqlandi.

Politsiya manbalari ma’lum qilishicha, portlashda tirik qolgan hokim Robaga nisbatan bugungacha 7 marta suiqast uyushtirilgan.

Somali chegarasiga yaqin territoriyalarda so’ngi bir oy ichida ro’y bergan bunga o’xshash portlashlarda jami 15 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

Xozircha ikkita portlashni kimlar sodir qilgani aniqlanmagan, lekin terror tashkiloti Ash-Shebabdan gumon qilinmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar