Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov Astana yig'ilishi keng ko'lamli bir yig’ilish deb baholadi.

Rossiya  Tashqi ishlar vaziri Lavrov, Qozog’istonning poytaxtida uyushtirilishi  rejalangan Suriya uchrashuvlarining maqsadi,  davom etayotgan sulhning kuchaytirilishi va quroli guruhlarning siyosiy jarayonga ishtirokini ta’min etish ekanini aytdi.

653437
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov Astana yig'ilishi keng ko'lamli bir yig’ilish deb  baholadi.

Rossiya  Tashqi ishlar vaziri Lavrov, Qozog’istonning poytaxtida uyushtirilishi  rejalangan Suriya uchrashuvlarining maqsadi,  davom etayotgan sulhning kuchaytirilishi va quroli guruhlarning siyosiy jarayonga ishtirokini ta’min etish ekanini aytdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Moskvada uyushtirgan matbuoti anjumanida, Rossiya tashqi siyosati bilan mintaqaviy  va madaniy mavzularni muhokama qildi.

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) bugungacha uyushtirgan Suriya uchrashuvlariga, siyosiy guruhlar va chet elda yashagan kishilar taklif qilindi degan Lavrov,

“ kamchilik tomoni, sohada vaziyatni belgilaganlar  yig’ilishda o’rin olmadi  dedi.

Turkiya va Rossiya, sohada bo’lganlarni  ham muzokara jarayoniga ishtirok etish ixtiyorini  ta’min etdi” dedi.

Lavrov, Suriyada sohadagi guruhlar muzokarada o’rin olishi, Astananing boshqalaridan eng katta farqi bo’lishiga diqqat qaratdi, buning Turkiya va Rossiyaning vositachilikligida amalga oshirilganiga diqqat qaratdi.

Asad rejimi bilan sohadagi guruhlar imzo qo’ygan bitimi bilan yechimga  to’g’ri katta bir qadam ekanini qayd etgan Lavrov,

“ Astana uchrashuvlarining maqsadi, Suriyada sulhning  kuchaytirilishi va sohada qo’mondonlarning siyosiy jarayonga teng haqlarga  ega ishtirokchilar bo’lishlarini  ta’min etish lozim dedi. Bu sohada vaziyatni belgilovchilar ishtirok etgan  muhim  bir jarayon “ deb muhokama qildi.

Lavrov, Suriya rejimi va muxolif guruhlar o’rtasida imzolangan sulh bitimi, BMT xavfsizlik kengashi tomonidan tasdiq qilingan. Turkiya, Rossiya va Eron  kelishuvning  kafili ekanini eslatib, Astana uchrashuvlariga BMT, va yangi AQSh boshqaruvining ham namoyandalari  taklif qilinishi kerak deb  bildirdi.

Sergey Lavrov, 20- yanvarda, AQSh prezidentlik lavozimiga boshlaydigan Donald Trump  boshqaruv  Astanada namoyandalik  qilishini  umid etganini tilga olib buning Trump boshqaruvi bilan  Rossiya o’rtasida Suriya mavzusida dastlaki  rasmiy  uchrashuvlari bo’ladi deb ishora qildi.

 



Aloqador xabarlar