Vladimir Putin, Andrey Karlovni “Davlat medal”i bilan taqdirlamoqchi

Rossiyalik rasmiylar Anqaradagi voqeaning Rossiya-Turkiya munosabatiga salbiy ta’sir korsatmasligi tog’risida gapirar ekan Rossiya Davlat rahbari Andrey Karlovni “Davlat medal”i bilan taqdirlamoqchi ekanligini ma’lum qildi.

634161
Vladimir Putin, Andrey Karlovni “Davlat medal”i bilan taqdirlamoqchi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Rossiyaning Anqara elchisi Andrey Karlovga qaratilgan qurolli hujumning Turkiya bilan Rossiyaning Suriyada tashlagan shaxdam qadamlariga qaratilgan provakatsiya ekanligini aytdi.

Putin, hujumga qarshi beriladigan eng a’lo javobning terrorizmga qarshi kurashning orttirilishi ekanligini ta’kidladi.

Voqea haqida tergov boshlatilganligini belgilab o’tgan Putin, bu doirada bir hay’atning Turkiyaga yuborilajagini qayd etdi.   

Qurolli hujum ortida kim yoki kimlarning borligini bilmoqchi ekanligini eslatgan Davlat rahbari Putin, barcha elchixonalarda xavfsizlik chora-tadbirlarining orttirilishi to’g’risida buyruq berdi.

Putin, Karlovning xizmat chog’ida vafot etganligini ta’kidlab, elchining Davlat medali bilan mukofatlantirilishi uchun Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga buyruq berganligini aytdi.

Tashqi ishlar vazirligi voizi Maria Zaharova ham hujumni “terakt” deb qabul qilganliklarini bildirdi.

Rossiya Federatsiyasi Kengashi Mudofaa qo’mitasi raisi o’rinbosari Frantz Klintsevich,

“Turkiyada yuz bergan voqeaning, avvaldan rejalashtirib qoyilgani aniq. Turkiyaning xavfsizlik organlari rossiyalik mutaxassislar bilan birgalikda mavzu ustidan tadqiqot ishlari olib boradilar va buning uddasidan keladilar” deya gapirdi.

Rossiyaning strategik raqiblarining bunday teraktlardan foydalanmoqchi ekanligini eslatgan  Klintsevich,

“Biz, yaxshi qo’shnichilik munosabati doirasida o’z muamolarimizni hal qilishimiz kerak. Nima bo’lishidan qat’iy nazar bu munosabatlarni har qanday vaziyatda himoya qilishimiz shart” dedi.

Rossiya Dumasining xalqaro masalalar qo’mitasi rahbari Leonid Slutskiy ham hujumning turk-rus munosabatiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligini ifodaladi.

 



Aloqador xabarlar