Keniyaning poytaxti Nairobida AQSh elchixonasiga hujum...

Nairobidagi AQSh elchixonasining viza berish bo'limiga qo'lida pichoq bilan kirib borgan bir shaxs otib o'ldirilgan.

598733
Keniyaning poytaxti Nairobida AQSh elchixonasiga hujum...

Keniyaning poytaxti Nairobida AQSh elchixonasiga qo'lida pichoq bilan kirib borgan bir shaxs otib o'ldirildi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu shaxs Nairobidagi AQSh elchixonasining viza berish bo'limiga kirmoqchi bo'lgan.

Bu shaxs elchixonaning xavfsizlik xodimi tomonidan otib o'ldirilgan.

Keniya politsiyasi ma'lum qilishicha, bu shaxs Keniya fuqarosi bo'lib hisoblanadi.

Jinoiy ish yuzasidan tergov yuritilmoqda.

Mamlakatning Somali chegarasidagi Mandera viloyatida seshanba kuni terror tashkiloti Esh-shebab tomonidan bir mehmonxonaga sodir qilingan hujumda 12 kishi hayotdan ko'z yumgan edi.

Keniya hukumati bu voqeadan so'ng, hududda 60 kunlik komendantlik soati e'lon qilgan edi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Keniya , #Nairobi , #Somali , #AQSh , #elchixona

Aloqador xabarlar