Suriyaning Haseke shahrida xudkushlik hujumi uyushtirildi

Suriyaning rasmiy “SANA” axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra hujumni DEASh terror tashkiloti amalga oshirgan.

582275
Suriyaning Haseke shahrida xudkushlik hujumi uyushtirildi

Suriyaning Haseke shahridagi bir toyxonada uyushtirilgan xudkushlik hujumida kamida 30 kishi jon berdi.

Hujumda tan jarohati olgan yuzlab kishi, davolash uchun kasalxonaga yotkizildi.

Tan jarohati olganlarning ko’pchiligining ahvoli og’ir bo’lganligi uchun jon berganlar sonining ortishidan xavotir olinmoqda.

Suriyaning rasmiy “SANA” axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra hujumni DEASh terror tashkiloti amalga oshirgan.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Haseke , #xudkushlik hujumi

Aloqador xabarlar