Iroqda Anbar viloyatiga qarashli Jaziratu-ul Bag’dodiy tumani terror tashkiloti DAIShdan tozalandi

Hukumatga tegishli kuchlar endi Jaziratul-Hit tumanini terroristlardan tozalashga harakat qilmoqda.

575911
Iroqda Anbar viloyatiga qarashli Jaziratu-ul Bag’dodiy tumani terror tashkiloti DAIShdan tozalandi

Iroqda Anbar viloyatiga qarashli Jaziratu-ul Bag’dodiy tumani terror tashkiloti DAIShdan tozalandi.

Iroqda Mudofaa vazirligiga qarashli Al-Jazira operatsiyasi qo’mondoni general Kasim Muhammadiy: “Qo’shinga qarashli 7-brigada va Jazira operatsiyasini yuritgan askarlar, mahalliy qabila kuchlari bilan birga Jaziratu-ul Bag’dodiyni butunlay DAISh qo’lidan qutqardi”,-dedi.

Anbar viloyatiga 90 km uzoqlikda joylashgan tumanda 16 ta qishloq mavjud.

Hukumat kuchlari bu qishloqlarning barchasida nazoratni qo’lga oldi.

Operatsiyalarda o’ndan ortiq terrorist o’ldirilgan.

Portlovchi modda ortilgan DAIShga tegishli 15 ta transport yo’q qilingan.

4 ta harbiy transport davlatga musodara qilingan va ko’plab qurol-aslaha va o’q-dori omborlari qo’lga tushirilgan.

Hukumatga tegishli kuchlar endi Jaziratul-Hit tumanini terroristlardan tozalashga harakat qilmoqda.

Iroq xavfsizlik kuchlari ushbu hududlarni terroristlardan tozalash maqsadida seshanba kuni operatsiya boshlagan edi.



Aloqador xabarlar