Nigeriyada kon ishchilariga hujum qilindi

Nigeriyada uyushtirilgan hujumda 1 kishi nobud bo'ldi, 7 kishi esa tan jarohati oldi.

516795
Nigeriyada kon ishchilariga hujum qilindi

Nigeriyaning janubidagi bir kon shirkatida ishlaganlarni olib borgan transport vositasiga qarata uyushtirilgan hujumda 1 kishi nobud bo'ldi, 7 kishi esa tan jarohati oldi.

Nigeriya politsiyasi, qurolli kishilarning kon ishchilarini olib borgan transport vositasini to'xtatib, Nigeriliyali haydovchini o'ldirganini, vositada bo'lgan 3 nafar Avstraliyali, 1 nafar Yangi Zelandiyali va 1 nafar Janubiy Afrika fuqarosini olib qochirilgani bildirildi.

Avstraliya Bosh Vaziri Malcom Turnbull, Avstraliya Televideniya Tashkilotiga (ABC) bergan bayonotida, Calabar shahri yaqinida maydonga kelgan voqeada hujumchilarning Avstrraliyali kon shirkatida haydovchi bo'lib ishlagan bir kishining otib o'ldirganini izohladi.

Turnbull, "Hujumchilarning kimliklari haqida bir ma'lumot yo'q. Olib qochirilgan insonlarning oilalariga xabar berildi. Muhim bir vaziyat bor" deb so'zladi.

Boshqa tomonda Avstraliya Tashqi Ishlar Vaziri Julie Bishop, Nigeriyali vakillar bilan voqeani tekshirish va Avstiriyaliklarni qutqarish uchun faoliyat olib borgaliklarini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar