Iroqda DAISh terror tashkilotiga qarshi operatsiya ketmoqda

Operatsiyaga qatnashgan mahalliy shiya kuchlar DAISh terror tashkiloti safidan qochgan 49 kishini o’ldirdi, 643 kishini qo’lga oldi.

510531
Iroqda DAISh terror tashkilotiga qarshi operatsiya ketmoqda

Iroqda DAISh terror tashkiloti tomonidan ishg’ol qilingan Felludja hududini terrordan tozalash maqsadida operatsiya ketmoqda.

Operatsiyaga qatnashgan mahalliy shiya kuchlar DAISh terror tashkiloti safidan qochgan 49 kishini o’ldirdi, 643 kishini qo’lga oldi.

Al-Anbar viloyati hokimi Suheyb Ar-Ravi ma’lum qilishicha, Bosh vazir Haydar Al-Ibadiyning buyrug’i bilan tuzilgan tergov komiteti Felludjani DAISh qo’lidan qutqarish operatsiyasi paytida tumanga qarashli Al-Muhamide hududida tinch aholiga nisbatan sodir qilingan jinoyatlarni tekshirdi va bularni aniqladi.

Bedarak yo’qolgan insonlarning taqdiri hali noma’lum ekanini tilga olgan Ravi: “Bu jarayonda yuzlab aholi garovga olinib, og’ir qiynoqlarga solingan. Ular kamsitilgan va haqoratlangan. Bu jinoyatlar to’g’risida qo’limizda yetarlicha dalillar mavjud”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #DAISh , #terror tashkiloti , #Al-Anbar

Aloqador xabarlar