Iroqning Al-Anbar viloyatidan 3708 oila davlat nazoratida bo’lgan xavfsiz hududlarga ko’chirildi

Iroq qo’shini, politsiya tashkiloti, shiya va sunniy qabila kuchlari hamkorligida Al-Anbarni DAISh ishg’olidan qutqarish maqsadida operatsiya o'tkazilmoqda.

509825
Iroqning Al-Anbar viloyatidan 3708 oila davlat nazoratida bo’lgan xavfsiz hududlarga ko’chirildi

Iroqda terror tashkiloti DAIShga qarshi operatsiyalar davom etmoqda.

Al-Anbar viloyatiga qarashli Felludjadan 3708 oila davlat nazoratida bo’lgan xavfsiz hududlarga ko’chirildi.

Mahalliy hukumat va xususiy tashkilotlar Felludjadan ko’chgan oilalarning ehtiyojlarini ta’minlash uchun safarbar bo’ldi.

BMTga qarashli Xalqaro ko’chmanchilik tashkiloti va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti kabi bir qator xalqaro tashkilotlar tomonidan o’tgan hafta tayyorlangan yozma bayonotga ko’ra, 50000 dan ziyod aholi kuchli to’qnashuvlar natijasida Felludjadan chiqa olmayotir.

Iroq qo’shini, politsiya tashkiloti, shiya va sunniy qabila kuchlari DAISh ishg’olida bo’lgan Felludjani qutqarish maqsadida 23 may kuni hamkorlikda operatsiya rejalashtirgan edi.

Iroqda 2014 yili terror tashkiloti DAISh tomonidan ishg’ol qilingan Felludja terror tashkilotining qo’lida bo’lgan eng katta hududlardan biridir.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Al-Anbar , #terrorizm , #DAISh , #operatsiya

Aloqador xabarlar