Pokistonning sobiq bosh vaziri Yusuf Riza Gilanining o'g'li Tolibon changalidan qutqarildi

Pokistonning sobiq bosh vaziri Yusuf Riza Gilanining o'g'li Ali Haydar Gilani 3 yil oldin Tolibon tomonidan o’g’irlab ketilgan edi.

487965
Pokistonning sobiq bosh vaziri Yusuf Riza Gilanining o'g'li Tolibon changalidan qutqarildi

Pokistonning sobiq bosh vaziri Yusuf Riza Gilanining 3 yil oldin Tolibon tomonidan o’g’irlab ketilgan o’g’li Ali Haydar Gilani Afg’onistonda kuchli operatsiya vositasida qutqarildi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Ali Haydar Gilani Afg’oniston va Amerika harbiy kuchlarining mushtarak operatsiyasi bilan Tolibon changalidan qutqarilgan.  

30 yoshlarda bo’lgan Ali Haydar Gilani 2013 yilning may oyida Multan shahrida saylov tashviqotlari paytida Tolibon tomonidan o’g’irlab ketilgan edi.

 



Aloqador xabarlar