Jeneva tadbirining boshlanib-boshlamasligi haligacha noaniq

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya masalasi bo’yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura, o’tgan oyda keyingiga qoldirilgan Jeneva tadbirining 9-mart kuni takror boshlashini aytgan edi.

445027
Jeneva tadbirining boshlanib-boshlamasligi haligacha noaniq

9-mart kuni takror boshlanishi rejalashtirilgan Jenevadagi Suriya to'g'risidagi tadbirning boshlanib-boshlamasligi haligacha noaniq.

Biri Moskva- Qohira tomonidan, ikkinchisi esa Riyad tomonidan qo'llab-quvvatlangan Suriya muxolafati tadbirda ikki kishidan iborat hay'atlari bilan ishtirok etadi.

Saudiya Arabistoni tomonidan qo'llab-quvvatlangan suriyalik muxolafat tomonidan tashkil etilgan Oliy muzokara qo'mitasi rahbari Riyad Hijob;

“Jenevadagi tadbirning takror boshlashi uchun shart-sharoitimiz bo'lishi kerak deb o'ylayman" dedi.

Riyad Hijob, Parijda uyushtirilgan matbuot anjumani chog'ida Suriya qo'shini bilan Rossiyaning o'q uzishni to'xtatish kelishuvi boshlaganidan beri 90 marotaba havo hujumi uyushtirganligini va o'q uzishni to'xtatish kelishuviga amal qilinmaganligini aytdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya masalasi bo'yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura, o'tgan oyda keyingiga qoldirilgan Jeneva tadbirining 9-mart kuni takror boshlashini aytgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Jeneva tadbiri , #Suriya , #Riyad Hijob

Aloqador xabarlar