Serbiyada ommaviy tarzda ko’milgan mozor shubhasi yangradi

Buning sababi, Kosova urushiga 16 yil bo’lishidan qat’iy nazar, 1 ming 657 nafar kishining oqibatining haligacha noma’lum bo'lishidir.

247071
Serbiyada ommaviy tarzda ko’milgan mozor shubhasi yangradi

Kosova hukumati qoshidagi Yo’qolgan shaxslar komissiyasi rahbariyati Serbiyada, ommaviy tarzda ko’milganligidan shubha qilingan 100 nafar kosovaliklar uchun Novi Pazarda qazish ishlarini boshlatajaklarini e’lon qildi.

Kosova hukumati qoshidagi Yo’qolgan shaxslar komissiyasi rahbari Prenk Jetay bu haqidagi bayonatida, Serbiyadagi Novi Pazar shahridagi daryoning ikki tomonida, ommaviy tarzda ko’milgan mozor borligidan shubhalanganliklarini aytdi.

Jetay, 100 nafar alban jasadining ko’milganligidan gumon qilingan ushbu mozor haqida “Haqiqat, manashu hafta mobaynida ortaga chiqadi” dedi.

Tadqiqot va qidiruv ishlari uchun, Serbiya hukumati tomonidan, rasmiy olaroq ruhsat berilgan edi.

Kosova urushiga 16 yil bo’lishidan qat’iy nazar 1 ming 657 nafar kishining oqibati haligacha noma’lum.

Ushbu shaxslarning, Serbiyaning turli mintaqalarida, ommaviy tarzda ko’milganligi tahmin qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar