Nigeriyada Boko Haram tashkilotining hujumlari avjiga chiqdi

Mubi shahrida joylashgan bir sport markazida sodir bo'lgan hujumda 16 kishi hayotdan ko’z yumdi.

79954
Nigeriyada Boko Haram tashkilotining hujumlari avjiga chiqdi

Nigeriyaning shimoli sharqidagi Adamava shtatiga qarashli Mubi shahrida joylashgan bir sport markaziga bombali hujum sodir qilindi.
Hujumda 16 kishi hayotdan ko’z yumdi, 19 kishi yaralandi.
Hujum javobgarlaridan biri qo’lga olinganligi aytilmoqda.
Voqeaga doir tergov davom etmoqda.
Mubi shahri hududdagi isyonlarga qarshi kurashning markaziga aylandi.
Mamlakat shimoli sharqida joylashgan bo’lib o’tgan yildan beri favqulodda holat e’lon qilingan Adamava, Borno va Yobe shtatlarida vaqti-vaqti bilan Boko Haram tashkiloti tomonidan hujum sodir qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar