Ahiska Turklari uylarini tashlab ketmoqda

Ukrainaning Sharqida hukumat kuchlari bilan Rossiya tarafdori irqchi guruhlar orasidagi to’qnashuvlar tufayli u yerda yashagan 700 ga yaqin Ahiska Turki uylarini tark etish majburiyatida qoldi

77217
Ahiska Turklari uylarini tashlab ketmoqda

Ahiska Turklari uylarini tashlab ketmoqda.

Ukrainaning Sharqida hukumat kuchlari bilan Rossiya tarafdori irqchi guruhlar orasidagi to’qnashuvlar tufayli u yerda yashagan 700 ga yaqin Ahiska Turki uylarini tark etish majburiyatida qoldi.

Ahiska Turklari Vatan Jamiyati Donets Vakili Benijan Basatov, endi Slovyanskda yashashning taxlikali bo’lganini va shu bois Ahiska Turklari ham bo’lgan ko’p insonning uyini tashlab xavfsiz hududlarga borganini izohladi.

Basatov, “Hozirgi kungacha Slovyanskda yashagan 700 ga yaqin Ahiska Turki uylarini tashlab ketdi. Bularning aksariyati Herson, Rossiyaning Rostov hududi

bilan Ozarvayjonga ketdi.” dedi. Batasov, Slovyanskdagi Ahiska Turklarining moddiy imkoniyatsizliklar tufayli xavfsiz joylarga bora olmaganini, uylarining yerto’lalarida qolganini takidladi.

Slovyanskdagi to’qnashuvlarning kun o’tgan sari ortib borganini ifoda etgan Basatov, “Uylarini tashlab xavfsiz hududlarga borgan Ahiska Turklari ham borgan joylarida eng ko’p bir yoki ikki oy qolish mumkin. Ulariga qaytishga majbur. Bu yerdagi to’qnashuvlar esa yaqinda to’xtaydiganga o’xshamaydi” deb ma’ruza qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar