Misrdagi prezidentlik saylovida Sisi g’alaba qozondi

General Abdulfettah El Sisi saylovda 96.7% ovoz oldi.

76355
Misrdagi prezidentlik saylovida Sisi g’alaba qozondi

Misrda 3 kun davom etgan prezidentlik saylovidan so’ng ovozlarni hisoblash jarayoni ketmoqda.
Norasmiy natijalarga ko’ra, o’tgan yili harbiy to’ntaruv bilan hukumatni qo’lga kiritgan general Abdulfettah El Sisi saylovda g’alaba qozondi.
Sisi saylovda 96.7% ovoz oldi.
Nomzodlardan Hamdin Sabbahi esa, saylovda 3.3% ovoz oldi.
To’ntarilgan Davlat rahbari Muhammad Mursiy tarafdorlari saylovni boykot qildi, shu sababli saylovchilarning faqatgina 47% saylovda ovoz berdi.
Misrda saylovga qatnashish nisbati ozchilikni tashkil qilgani uchun ovoz berish jarayoni yana 1 kunga uzaytirildi.
Saylovga doir rasmiy natijalar 5 iyun kuni izohlanishi kutilmoqda.
Qolaversa Sisi tarafdorlari rasmiy natijalar izohlanmasdan turib poytaxt Qohiradagi Tahrir maydonida to’planib bayram qilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar