Turkiya turizm sohasida dunyoda yetakchi davlatlardan biridir
Turkiya o‘zining beg‘ubor tabiati, go‘zal plyajlari, qadimiy madaniy boyliklari, muzeylari va afsonaviy turk taomlari bilan dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni kutmoqda.
Dunyoda 20-asrda sayyohlik faolligining oshishi turli mamlakatlar fuqarolariga yangi joylar, yangi madaniyatlar bilan tanishish va yillik ta’tillarini boshqa joylarda o‘tkazish imkonini berdi. Turizm sohasi dunyo bo’ylab kundan kunga rivojlanar ekan, Turkiya ham bu sohada muhim o’ringa ega davlatlar qatoriga kiradi. Turkiya o‘zining geografik joylashuvi tufayli barcha fasllarda sayyohlar e’tiborini o’ziga jalb qiladi.
Ta’kidlash joizki, Turkiya salomatlik turizmi sohasida dunyoning yetakchi davlatlaridan biridir. 2023-yilda sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish uchun mamlakatga kelgan sayyohlarning umumiy soni 1 million 398 ming 504 nafarni tashkil etadi.
Tegishli davlat tashkilotlari, xususiy sektor, mamlakatning ko'ngilli turizm elchilari, Turkiyadan yaxshi xotiralar bilan ketayotgan sayyohlar dunyoning yetakchi turizm markazlaridan biriga aylanishni maqsad qilgan Turkiyaga hissa qo'shadi.
Yangi dam olish rejalari tuzilayotgan shu kunlarda Turkiya o‘zining beg‘ubor tabiati, go‘zal plyajlari, qadimiy madaniy boyliklari, muzeylari va afsonaviy turk taomlari bilan dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni kutmoqda.
Aloqador xabarlar
Matbuot sharhlari 09. 05. 2024
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.