Salomlashish odobi haqida...

Chunki-15

2125998
Salomlashish odobi haqida...

 

Dasturimizning bugungi sonida kundalik hayotda odamlar o'rtasidagi ijobiy munosabatlarni oshiradigan kichik, ammo muhim qadriyatlardan biri salomlashish haqida gaplashamiz. Salom berishlik, qo’l berib so’rashishlik, salomga alik olish, ro’baro’ kelganda insonlarga tinchlik-xotirjamlik tilab qo’yishlik eng oliy, go’zal ahloqlaridan biridir.

Tilimizga arabchadan kirib kelgan “Assalomu alaykum” so’zi “sizga   tinchlik tilayman” degan ma’noni bildiradi.  “Vaalaykum assalom” esa “sizga ham tinchlik tilayman” degan ma’noni anglatadi. Salom berish va unga javob qaytarish insonlar o‘rtasida do‘stlik, ahillik va mehr–oqibat rishtalari   mustahkam bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Salomlashish ijtimoiy munosabatlardagi muhim qadam bo'lib, barcha madaniyatlarda bag'rikenglik, hurmat-e’tibor va muloqot qobiliyatlarini aks ettiruvchi asosiy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Salomlashish, shuningdek, odamlarda ijobiy taassurot qoldirish va tushunadigan muloqot muhitini yaratishda birinchi qadamdir.

Salomlashish insonlarning sog'lom ijtimoiy hayot kechirishida muhim rol o'ynaydi. Salomlashish - odamlar o'rtasida ijtimoiy aloqalarni o'rnatish va jamiyatga integratsiya qilish usulidir. Boshqa odamda birinchi ijobiy taassurot qoldiradigan salomlashish uzoq muddatli munosabatlarning asosini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. 

Birinchi uchrashuvda xushmuomalalik bilan salom berish va hurmat-e’tiborni namoyon qilish, biror narsa xohlaganimizda, xohishingizga erishishni osonlashtiradi. Masalan, do‘kon yoki bank bo‘limiga salom berib kirsak, xodimlar bizga yanada samimiy, tabassum bilan murojaat qilishlariga barchamiz guvoh bo‘lganmiz.

Salomlashish muloqotni boshlash va davom ettirish, shuningdek, madaniy me'yorlarga rioya qilishning birinchi qadamidir. Kutilgan xatti-harakatlarning namoyon bo'lishi odamlarning ijtimoiy uyg'unligini oshiradi va samarali ijtimoiy guruhlarning shakllanishiga yordam beradi. 

Har bir mamlakatning o'ziga xos urf-odatlari bor, lekin aksariyat mamlakatlarda salomlashish mehmonga alohida hurmat-ehtirom, xushmuomalalik va quvonchni ifodalaydi. Biz tanimagan insonga omonlik tilash va suhbatni salom bilan boshlash kuchli jamiyat yaratish uchun oddiy, ammo samarali qadamdir.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #salomlashish odobi

Aloqador xabarlar