Energiya kun tartibi-12

Turkiya-Iroq aloqalari oxirgi paytlarda o'zaro tashriflar bilan sezilarli sur'atga erishdi. Bu sur'at Bag'dodda o'tkazilgan uch tomonlama yig'ilish bilan yangi pog’onaga ko'tarildi.

2116744
Energiya kun tartibi-12

 

Turkiya-Iroq aloqalari oxirgi paytlarda o'zaro tashriflar bilan sezilarli sur'atga erishdi. Bu sur'at Bag'dodda o'tkazilgan uch tomonlama yig'ilish bilan yangi pog’onaga ko'tarildi. Kuni kecha Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin Iroqqa tashrif buyurdi. Ular Iroq hukumati vakillari bilan uchrashdilar.

Yig’ilishdan keyin e’lon qilingan qo’shma deklaratsiyada Erdo’g’anning Ramazondan keyin Iroqqa tashrif buyurishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, qo'shma deklaratsiyada terrorizmga qarshi kurashga katta o'rin ajratildi. Anqara-Bag'dod yo'nalishi bo'yicha hamkorlik rasmiy maqom bilan amalga oshirilishi kerakligi to'g'risida konsensusga erishildi.

Bu holat qoʻshma deklaratsiyada quyidagicha ifodalangan:

“Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning turli sohalarida tarkibiy asos yaratish va shu tariqa muntazam aloqa mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻzaro anglashuv memorandumi ustida ishlashni faollashtirishga qaror qilindi.

Turkiya Respublikasi va Iroq Respublikasi o'zaro munosabatlar uchun strategik asos yaratish tushunchasi bilan tayyorlaydigan ushbu matn orqali ikki davlat rasmiylarining muntazam ravishda, natijaga yo'naltirilgan yondashuv bilan ishlashga kelishib oldilar.

Shu nuqtai nazardan, faqat terrorizmga qarshi kurash, savdo, qishloq xo‘jaligi, energetika, suv, sog‘liqni saqlash va transport sohalarida faoliyat yurituvchi Qo‘shma doimiy komissiyalar tashkil etishga qaror qilindi”.

Shuni ta’kidlash joizki, Iroq Turkiya bilan amalga oshiriladigan loyihaga katta ahamiyat bermoqda: ushbu loyiha "Fav port va taraqqiyot yo'li" deb nomlangan.

Mazkur loyiha 1200 kilometrlik temir yoʻl va avtomobil yoʻlini qurishni nazarda tutadi.

Shunday qilib, Turkiyaning Fors ko’rfazidagi Iskenderun porti va Fav porti nafaqat temir yo’li, balki avtomobil yo’llari orqali bir-biriga bog’lanadi.

Loyiha Yevropa Ittifoqidan tortib, Fors ko'rfazi mintaqasi mamlakatlarigacha bo'lgan juda katta mintaqaga ta'sir qiladi.

Ko'rfaz davlatlaridan, shuningdek, Iroqdan Yevropaga gazni tashish kamroq vaqt talab qiladi va ancha tejamkor bo'ladi. Shunday qilib, Turkiyaning "energiya markazi" rejasiga katta hissa qo'shadi.

Turkiya, Iroqning energiya manbalari bilan jahon bozorlariga chiqishida faolroq rol o'ynaydi.

Rivojlanish yo'li loyihasi, shuningdek, Qizil dengizdagi o'zgarishlar va navigatsiya sonining sezilarli darajada kamayishi ortidan Suvaysh kanalining asosiy raqibi bo'ladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Bag'dodga tashrifi chog’ida muhokama qilinadigan loyiha bilan bog'liq muhim qadamlar tashlanishi rejalashtirilmoqda.

Iroqning tasdiqlangan neft zaxiralari taxminan 145 milliard barrelni tashkil qiladi.

Mamlakat jahon neft zahiralarining qariyb 8 foiziga ega. Iroq nefti ishlab chiqarish tannarxi va sifati bo'yicha dunyodagi eng arzon neftlardan biri hisoblanadi.

Prezident Erdo'g'anning Iroqqa tashrifi chog'ida o'tgan aprel oyida oqimi to'xtatilgan Iroq-Turkiya xom neft quvur liniyasining qaytadan ishga tushirilishi  kutilmoqda.
Kerkuk Yumurtalik xom neft quvur liniyasi yiliga 70 million barreldan ortiq tashish quvvatiga ega. Kelgusi davrda liniya quvvati yana ham kengaytiriladi.

Ta’kidlanishicha, “Taraqqiyot yo‘li” loyihasi bilan bir qatorda yangi energiya uzatish liniyalari qurilishi ham ko’zda tutilgan.

Turkiya bilan Iroq o'rtasidagi savdo hajmi yiliga 25 milliard dollar atrofida. Tomonlar o'rtasidagi muloqotning kuchayishi bilan ushbu hajmni yanada oshirish maqsad qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar