Yevrosiyo kun tartibi - 11

Dasturimizning bugungi sonida, oxirgi bir hafta ichida Yevrosiyo qit’asida joylashgan davlatlarda yuz bergan voqealar haqida so‘z qilamiz (11/ 2024).

2115238
Yevrosiyo kun tartibi - 11

2024 - yilning 4 - marti kuni Bolgariya Milliy assambleyasi spikeri Rosen Jelyazkov Ozarbayjonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Jelyazkov poytaxt Bokuda Ozarbayjon Milliy majlisi raisi Sohiba Gafarova va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

2024 - yilning 4 - marti kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi va Markaziy Osiyo respublikalari atrof - muhitdan mas’ul vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yashil iqtisodiyot, transchegaraviy suvlardan foydalanish, iqlim o‘zgarishi va ofat kabi masalalar muhokama qilindi. Keyinchalik, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Helga Maria Schmid, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi.

O‘tgan oyda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri etib saylangan Oljas Bektenov chet elga bo‘lgan ilk rasmiy tashrifini 2024 - yilning 4 - marti kuni Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirdi. Bosh vazir Bektenov Moskvaga bo‘lgan mazkur tashrifi doirasida Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yili 28 milliard dollarga yetar ekan, bu orqali rekord o‘rnatilgan edi. Oljas Bektenovning mart oyida O‘zbekistonga tashrif uyushtirishi ma’lum qilindi.

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin esa 2024 - yilning 5 - marti kuni rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga bordi. Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov bilan uchrashgan Bosh vazir Mishustin, 6 - mart kuni Prezident Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi. Tashrif doirasida ikki davlat oʻrtasida madaniyat, turizm, transport va chegara darvozalarini rivojlantirish boʻyicha kelishuvlar imzolandi.

2024 - yilning 6 - marti kuni Sochida Gagauz muxtoriyati rahbari Yevganiya Gutsul, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi. Gagauz muxtoriyati rahbari Vladimir Putindan ikki tomonli munosabatlarni rivojlantirish masalasida yordam so‘radi. Yevgeniya Gutsul avvalroq poytaxt Moskvada, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashgan edi. Ma’lumki, Yevganiya Gutsulning Kishinyov yetakchiligi bilan munosabatlari yaxshi emas.

2024 - yilning 7 - mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev, Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al - Falihni qabul qildi. Unda, Qozog‘iston - Saudiya Arabistoni sarmoyaviy hamkorlik masalasi muhokama qilindi. Qabul yakunida ikki davlat oʻrtasida, shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha shartnoma imzolandi.

2024 - yilning 7 - mart kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Valid al - Hurayshiyni qabul qildi. Uchrashuvda Qirg‘iziston - Saudiya Arabistoni munosabatlariga oid turli masalalar muhokama qilindi. Prezident Japarovning rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga borishi ma’lum qilindi.

***

Mo‘g‘uliston Majlisi raisi Gombojavin Zandanshatar, Qirg‘izistondan keyin rasmiy tashrif bilan Vengriyaga bordi. 2024 - yilning 7 - marti kuni Budapeshtda Mo‘g‘uliston Majlisi raisi Gombojavin, Vengriya Majlisi raisi Laszlo Ko‘ver bilan uchrashdi. Keyinroq majlis raisi Gombojavin, Vengriya Prezidenti Tamas Sulyok bilan uchrashdi.

Voqealardan ko‘rinib turganidek, turk tilida so‘zlashuvchi davlatlarning jahon siyosatidagi o‘rni ortib bormoqda. Mo‘g‘uliston, yuqorida nomi tilga olingan davlatlar bilan bo‘lgan munosabatlarini mustahkamlashda qarorlidek. Saudiya Arabistonining turk tilida so‘zlashuvchi davlatlarga kiritgan sarmoyalari o‘smoqda. Gagauziya chet elda eng ko‘p Rossiya bilan Turkiyadan yordam olmoqda. Bosh vazirlarning tashriflaridan ham ko‘rinib turganidek, Yevrosiyo qit’asidagi davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanishni davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Yevrosiyo qit’asi

Aloqador xabarlar