“Men har kuni toza havoda sayr qilaman, chunki…”

Chunki-09

2106156
“Men har kuni toza havoda sayr qilaman, chunki…”

 

Bugungi dasturimizda sog'ligimiz bilan chambarchas bog'liq bo'lgan jismoniy harakat haqida gaplashamiz. “Men har kuni muntazam ravishda toza havoda yuraman, chunki…” degan holda dasturimizni boshlaymiz.

Organizmdagi muskullarimiz bir-biri bilan uyg'unlikda ishlaydi. Qaysidir ma'noda salomatlik so'zi bu uyg'unlikning ta'rifidir. Bu jarayonning buzilishi kasalliklarga olib keladi. Bugungi kunda tibbiyot olami kasalliklarning paydo bo'lishidan oldin ularni oldini olishga, shuningdek, kasalliklarni davolash usullariga e'tibor qaratmoqda. Shu maqsadda odamlarning jismoniy faolligi, oziqlanishi va uyqu rejimini yanada samaraliroq qilish uchun takliflar ishlab chiqadi. Muntazam yurish butun tanani mashq qiladigan va uni sog'lom ushlab turadigan mashg'ulotlardan biridir.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti yoshidan qat'i nazar, har bir kishiga haftasiga kamida ikki yarim soat yurishni tavsiya qiladi. Tashkilotga ko'ra, ideal - kuniga yarim soat yurish bilan haftada uch yarim soatni to’ldirish. Chunki muntazam yurish ko‘plab sohalarda, xususan, yurak salomatligida asosiy rol o‘ynaydi. Qon aylanishini tartibga soluvchi yurish metabolizmni tezlashtirish orqali ortiqcha vaznni oldini olishning eng samarali usuli hisoblanadi. Toza havoda sayir qilish shuningdek, mushak va skelet sistemamizning eng yaxshi do'sti bo'lishga loyiqdir, chunki u mushaklarni mustahkamlaydi va bo'g'imlarning moslashuvchanligini oshiradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, muntazam ravishda ishlaydigan tanamizning immuniteti yurish tufayli ortadi.

Muntazam yurish nafaqat tanamiz, balki ruhimiz uchun ham foydali ekanligini bilamiz. Yurish paytida ajralib chiqadigan endorfin gormoni kayfiyatni  oshiradi va stressni kamaytiradi. Toza havoda sayr qilish sifatli uyquga ega bo'lishimizga imkon beradi. Kunni dam olgan tana va toza ong bilan boshlash o'zimizni yaxshi his qilish imkoniyatini beradi. Do'stlarimiz yoki oila a'zolarimiz bilan sayr qilish ijtimoiy aloqalarimizni mustahkamlashga yordam beradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #sport , #yurish

Aloqador xabarlar