Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 8

Dasturimizning bugungi sonidai oʻrta asr turk madaniyatida muhim oʻrin tutgan buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haqida soʻz qilamiz.

2105638
Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 8

Alisher Navoiy - Mahmud Qoshg‘ariydan keyin turkiy tili rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk shaxs sifatida tanildi. Oʻrta asr turk madaniyatida muhim oʻrin tutgan buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobidir.

***

«Muhokamat ul – lug‘atayn» asarida turk tili o‘rniga fors tilida asarlar qalamga olganlarga qarshi turk tili bilan fors tilini qiyoslab, turk tilini fors tilidan ustun ekanini misollar bilan ko‘rsatish orqali himoya qilgan Alisher Navoiy kimdir?  Alisher Navoiy 1441 – yilning 9 – fevralida Hirotda tug‘ildi. Otasi G‘iyosiddin Kichkina Bahodir, Timur avlodlari xizmatida bo‘lgan va Abulqosim Bobur saroyida muhim vazifalarda faoliyat yuritib, mamlakatni idora etishda ishtirok etgan siymolardandir. Navoiyning ona tomonidan bobosi Bu Said Chang, Husayn Boyqaroning bobosi Boyqaro Mirzoning amiri edi. Kichkina Bahodir o‘g‘li Alisherni 1452 – yili Abulqosim Bobur himoyasiga beradi. Abulqosim Bobur o‘sha davrda Husayn Boyqaroning ham xizmatida edi. Bobur, 1456 – yili Mashhadga borganida Husayn Boyqaro bilan Alisherni ham olib ketadi. Abulqosim Bobur 1457 - yili Mashhadda vafot etishi bilan Husayn Boyqaro Hirotga qaytadi. Alisher esa ana shu yerda qolib, o‘qishni davom ettiradi. Alisher Mashhad shahridagi «Imom Rizo» madrasasida o‘qigan paytlarida eronlik olim va shoirlar bilan tanishib, ularning ko‘pidan saboq olgan. Mashhaddan Hirotga 1464 – yili qaytib kelgan Alihser, bu yerda Abu Said Mirzo xizmatiga kiradi. Ammo Abu Said Mirzo tomonidan qo‘llab – quvvatlanmagan Alisher Hirotni tark etib, Samarqand tomon yo‘l oladi va ta’limini, «Xoja Jaloliddin Fazlulloh Abulaysiy» madrasida davom ettiradi. Abu Said Mirzo 1469 – yili Oqqo‘yinli davlatiga qarshi Eron tomon safarga chiqadi. Mana shu safar chog‘ida Oqqo‘yinli davlati hukumdori Uzun Hasan, Abu Said Mirzoni o‘ldiradi. Bu xabar ortidan Sulton Husayn Hirotni egallab, 1469 – yili tahtga o‘tiradi. Husayn Boyqaro tahtga o‘tirgach, do‘sti Alisher Navoiyni o‘z yoniga chaqiradi. Oradan bir oy o‘tgach Alisher Navoiy Samarqandni tark etib, saroyga joylashadi va umrining oxirigacha Hirot hukmdorining eng sodiq va eng yaqin insonlaridan biriga aylanadi. Hujjatlarga muhrini ustiga bosish o‘rniga, uning ostiga bosar edi va bu usul keyinchalik rasmiy odat bo‘lib qoldi. Husayn Boyqaro bilan 1500 - yilning 31 – dekabri kuni salomlashayotgan bir paytda yurak xurujiga uchradi va 3 – yanvar kuni olamdan o‘tdi. Jasadi, muqaddas joy degan ma’nodagi «Qudsiyya» jome’ masjidi yoniga o‘zi tomonidan qurdirilgan maqbaraga dafn etildi. Alisher Navoiy o‘zining boy va serqirra ijodi davomida ko‘plab asarlarga imzo chekdi. Asarlari turkiy tili va adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Shu bois ham chag‘atoy tili navoij tili deb ham ataladi. Asarlari nafaqat Turkistonda, balki Ozarbayjon va Anado‘lu hududlarida ham oʻqilgan Alisher Navoiyni o‘smonli shoirlari ustoz sifatida tan olganlar. Sheʼrlariga XV asrdan keyin turli naziralar yozilgan. Alisher, devon she’riyatiga turk hayotidan kelgan milliy va mahalliy unsurlarni kiritdi. “Xayolimga shunday fikr keladiki, turk xalqi fasohat ustozlariga ulug‘ haq va huquq eshiklarini lang ochdim: ular o‘z so‘z va iboralari haqiqati, o‘z til va lug‘atlarining haqiqiy boyligidan voqif bo‘ldilar; forsiygo‘ylarning ibora va so‘zlari bobidagi ta’nadashnomalaridan qutildilar. Ushbu maxfiy ilmdinki men zohir qildim ahli qalam va adab xabardor bo‘lsalar, azob va mashaqqatlarim hurmatidan umidim shuki, ular ham men faqirni xayrli duo bilan yod qilgaylar va ruhimni shu bilan shod qilgaylar”, - degan mashhur so‘zlari buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobining «Muhokamat ul – lug‘atayn» asarida yozib qoldirilgan. Shoirning turk tili haqidagi fikrlari va she’rlarini qalamga olishda ko‘zlagan maqsadlarini uning o‘ziga oid, “Turkning kattasidan kichigigacha va navkaridan begiga qadar fors tilidan xabardordirlar va o‘z ahvollariga yarasha gapira oladilar, balki ba’zilari fasohat va badiiyat bilan ham so‘zlaydilar. Ammo fors elining quyi va zodagon toifasigacha, savodsizidan donishmandigacha hech qaysi turk tilida so‘zlay olmaydılar va eshitgan so‘zlarining ma’nosini ham bilmaydilar”. – degan ikki qatorli ifoda ochiq – oydin va aniq tushuntirib bermoqda. “So‘z va iboralar yasashda turk tili fors tilidan ustun kelgandir. Turk o‘z tilida ishora va iboralar yaratishda ziyodalik – ortiqliklar ko‘rgizadiki, o‘z vaqtida, Xudo xohlasa, yozilgusidir. Turk tili olimlari juda ko‘p holatlarda mubolag‘a ko‘rsatib, o‘ta mayda narsalarga ham so‘z topib qo‘yganlarki, bundan xabardor kishi aytmasa, bunga ishonib ham bo‘lmaydi”. Bu iboralardan ham ko‘rinib turganidek Alisher Navoiy faqatgina davlat arbobi yoki shoir emas, balki turk tilining kelajagini qutqaruvchi ulug‘ siymodir. Uning asarlari devonlar, hamsa, tazkiralar, til va adabiyot asarlari, diniy – ahloqiy asarlar, tarixiy asarlar, biografik asarlar, vaqfiya va munshaot mavzulari boʻyicha tasniflanib, tadqiq qilinmoqda. Asarlari bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatida ayniqsa Fransiya, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston kutubxonalarida saqlanmoqda.

 



Aloqador xabarlar