Men chiqindilarni ajrataman, chunki…

Dasturimizning bugungi sonida nafaqat bugunimizni, balki kelajagimizni ham yaqindan qiziqtirgan mavzu haqida gaplashamiz.

2104319
Men chiqindilarni ajrataman, chunki…

 

Chiqindilarni qayta ishlab chiqarish, bu juda keng qamrovli soha bo'lib, bevosita odamlar bilan bog’liq.

“Har kim o‘z eshigi oldini supursa, mahalla obod bo‘ladi” deganlaridek, ushbu katta masalada kichik qadamlar qanchalik muhim o‘rin tutishini anglatishga harakat qilamiz. "Men chiqindilarni turiga ko'ra ajrataman, chunki…” degan holda dasturimizni boshlaymiz.

Ishlatilgan, eskirgan yoki chiqindilarni yig'ish, ularni qayta ishlash va ushbu materiallardan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish jarayoni qayta ishlash deb ta'riflanadi. Dunyo aholisining ko'payishi va inson ehtiyojlarining ortishi ignadan ipgacha bo'lgan har bir ob'ektni qayta ishlab chiqarishni talab qiladi. Biroq, bu ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xom ashyo va energiya cheklanganligi va resurslarning kamayishi bilan qimmatlashishi aniq.

Ushbu muammoning yechimi sifatida yo’lga qo’yilgan qayta ishlash jarayoni, ayniqsa, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish va tabiatga imkon qadar kamroq zarar yetkazish bilan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan. Ushbu jarayonning birinchi bosqichi avvalambor chiqindilarni turiga qarab saralashdir.

Uyimizda yoki ish joyimizda har kuni paydo bo‘ladigan plastmassa, shisha va qog‘oz chiqindilar saralanmagan holda tashlansa, ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, katta shaharlarda axlat yig'ish maydonlarini tashkil qilish muhim hisoblanadi.

Organik va noorganik chiqindilar uzoq vaqt birga qolsa, atmosferaga zararli gazlar chiqaradi. Axlat yig’ish maydonchalari kengayishini oldini olish uchun qayta foydalanish mumkin bo'lgan chiqindilarni saralash juda muhimdir. Bu ishni tashkil etish mahalliy hokimliklar tomonidan ta’minlansa-da, bu jarayonda shahar hayotida ishtirok etayotgan biz insonlarning ham mas’uliyati juda katta desak adashmagan bo’lamiz.

 

Plastmassa, shisha va qog'oz mahsulotlari ishlab chiqariladigan xom ashyoni olish uchun juda yuqori energiya talab qilinadi. Qolaversa, ushbu mahsulotlarni foydalanishga tayyor holatga keltirish uchun ham energiya sarflanadi.

Ishlatilgan materiallarni xom ashyo sifatida ko'rib chiqish birinchi energiya elementini bartaraf etadi. Ilg'or texnologiya bilan qayta ishlangan materiallardan mahsulotlar ishlab chiqarish kunimizda kamroq energiya talab qilmoqda.  Xonadonimizdagi chiqindilarni bitta qopga yig‘ish o‘rniga, uni turiga qarab ajratib, chiqindi yig‘ish qutilariga tashlash bu jarayonga hissa qo‘shish demakdir.

Keling, resurslarimizdan unumli foydalanishni avvalo o’z uyimizdan boshlaylik!

 

 


Tanlangan kalimalar: #qayta ishlash , #chiqindi

Aloqador xabarlar