Energiya kun tartibi-07

Dasturimizning bugungi sonida Quyosh energiyasi haqida gaplashamiz.

2101054
Energiya kun tartibi-07

 

Quyosh bizni isitadi, dunyoga tabassum qiladi va natijada ekinlarimiz o'sadi. Dunyo faqat uning atrofida aylanadi.

Quyosh yagona tuganmas va barqaror energiya manbai hisoblanadi.

Bundan tashqari, quyosh energiyasi eng yashil qayta tiklanadigan energiya manbai sifatida ta’riflanadi. Undan foydalanish oson, atrof-muhitni ifloslantirmaydi va zararli chiqindilarni paydo qilmaydi.

Quyosh energiyasi quyosh yadrosidagi termoyadroviy jarayon natijasida ajralib chiqadigan nurlanish energiyasi sifatida paydo bo’ladi. 

Global isish bilan birga, xalqaro hamjamiyat va Turkiya tabiiy resurslarning atrof-muhitga yetkazgan zararlarini oldini olish uchun qayta ishlab chiqariladigan energiya tizimiga o'tishni tezlashtirdi.

Shu sababli, quyosh energiyasidan foydalanish kun sayin ortib bormoqda.

Quyosh energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarishning ko'plab usullari mavjud bo'lsa-da, umumiy tendentsiya quyosh nuri to'g'ridan-to'g'ri elektr energiyasiga aylanadigan fotovoltaika tizimlarga qaratilgan.  Fotovoltaiklar quyosh batareyalari yoki quyosh panellari yordamida Quyoshdan elektr energiyasini olish usulidir.

Quyosh energiyasidan foydalanish bo'yicha tadqiqotlar ayniqsa 1970-yillardan keyin jadallashgan bo'lib, quyosh energiyasi tizimlari texnologik taraqqiyot va tannarxning sezilarli darajada pasayishini ko'rsatdi.

Xalqaro energetika agentligiga ko'ra, quyosh energetikasiga investitsiyalar 2030 yilgacha neft va tabiiy gazga kiritilgan investitsiyalardan oshib ketadi.

Hisobotga ko‘ra, 2023-yilda jahon energetika sektoriga jami 2,8 trillion dollar sarmoya kiritilgan bo‘lib, shundan 1,7 trillion dollar toza energiya texnologiyalariga, 1,1 trillion dollari esa qazib olinadigan yoqilg‘i sektoriga yo‘naltirilgan.

Bu sarmoyalar ichida quyosh energiyasining 380 milliard dollar ulushi borligi taxmin qilinmoqda.

Xo'sh, Turkiyada vaziyat qanday? Davlat va xususiy sektorning energiya bo’yicha investitsiyalari holati qanday?

Turkiya geografik joylashuvi tufayli muhim quyosh energiyasi salohiyatiga ega.

Energetika vazirligi tomonidan tayyorlangan "Quyosh energiyasi salohiyati atlasi"ga ko'ra, Turkiyaning o'rtacha yillik jami quyosh nurlanish muddati 2 ming 741 soat... Yillik o'rtacha umumiy radiatsiya qiymati 1527,46 kWh/m2.…

Turkiyaning quyosh energiyasi quvvatining 2035 yilga kelib taxminan 500 foiz ortib 52,9 gigavattga yetishi va quyosh energiyasi eng yuqori oʻrnatilgan quvvatga ega manba boʻlishi ko’zda tutilgan.

Turkiyaning 2000-2020 yillarda har yili o'rtacha 4,4 foiz ortgan elektr iste'moli, 2035 yilgacha yiliga o'rtacha 3,5 foiz o'sib, 510,5 terawatt soatga yetishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, 2020 yilda 21,8 foizni tashkil etgan elektr energiyasining yakuniy energiya iste’molidagi ulushi 2035 yilda 24,9 foizni tashkil etadi.

Turkiyaning 2020 yil oxirida 95,9 gigavatt bo'lgan elektr o'rnatilgan quvvati 2035 yilda 189,7 gigavattga, qayta ishlab chiqariladigan energiya manbalarining jami o'rnatilgan quvvatdagi ulushi esa 2020 yildagi 52 foizdan, 2035-yilga kelib, 64,7 foizga ko'tarilishi prognoz qilinmoqda.

Ushbu davrga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan 96,9 gigavatt yangi elektr quvvatining 74,3 foizi qayta ishlab chiqariladigan energiya manbalarini tashkil etadi.

Qayta ishlab chiqariladigan energiya manbalari orasida eng katta quvvat o'sishi quyosh energiyasida bo'lishi rejalashtirilgan.. 

Turkiyaning 2020 yil oxirida 6,7 ​​gigavatt bo'lgan quyosh energiyasi o'rnatilgan quvvati 2035 yilda 52,9 gigavattga oshishi kutilmoqda..

Bu o'sish, Turkiyaning 2022 yil oxirida 9,32 gigavatt bo'lgan quyosh energiyasi quvvatining 2035 yilga kelib taxminan 500 foizga oshishini anglatadi.. 

Agar 2035 yilda quyosh energiyasida 52,9 gigavatt quvvatga erishilsa, quyosh energiyasi Turkiyaning jami elektr quvvatida eng yuqori ulushga ega bo'lishi ehtimoldan holi emas.

 


Tanlangan kalimalar: #Quyosh energiyasi

Aloqador xabarlar