Turk dunyosiga bagʻishlangan umr - 6

Dasturimizning bugungi sonida, Turk dunyosi tadqiqotlarida alohida oʻringa ega boʻlgan Xorazm davri va ana shu davrda qalamga olingan asarlar haqida soʻz qilamiz.

2099117
Turk dunyosiga bagʻishlangan umr - 6

Bugungi kunda O‘zbekiston bilan Turkmaniston chegaralari ichida joylashgan Xorazm, XII asrdan buyon madaniyat markazi bo‘lib kelgan viloyatdir. «Xorazm» so‘zining turkiy tili bilan aloqali bir davrni ifoda etishi esa, Alisher Navoiyning «Majolisun nafois» deb nomlangan asarida Husayin Xorazmiy haqida so‘z qilihi ortidan ma’lum boʻldi [1]. Xorazm, XI asr boshlarida gʻaznaviylar tasarrufidagi hudud edi. Bu hududni boshqarganlar xorazmshohlar deb ataldilar. Xorazmshohlar sulolasi oʻgʻuzlarning begtili urugʻidan boʻlgan Anush tegindan boshlanadi. Bazi xalqlar, moʻgʻullar bosqiniga uchragan bu hududdan koʻcha boshlaydi. Xorazmshohlar sulolasi hukmronligi chingiziylar bosqini natijasida tugaydi[2]. Shundan soʻng Jaloliddin Xorazmshoh, moʻgʻullar va gruzinlarni bir necha bor magʻlub etishiga qaramay, davlatni qayta tiklay olmadi boshqacha qilib aytganda davlatni avvalgi qudratiga qaytara olmadi. Uning olib borgan harakatlari istalgan natijani bermadi. Anadoʻlu saljuqiylariga qarshi ham kurashgan Jaloliddin Xorazmshohning yollanma askar tomonidan o‘ldirilishi, Xorazm davlatining tanazzuli va tarix sahnasidan ketishiga sabab bo‘ldi [3]. Bu siyosiy shakllanishlar natijasida Xorazm viloyati xalqi turklashib ketadi. Qangli, qipchoq va oʻgʻuz qabilalarining hududga joylashishi bilan birga XII asrda xorazm tili, xorazmiy tili yoki xorazm turkiy tili vujudga keladi va hudud XII asrda madaniyat markaziga aylanadi.

Bu davrning til xususiyatlariga nazar tashlagudek boʻlsak, arab va fors tillarining turk tili ustidagi ta’siri asta - sekin ortib borayotganiga guvoh boʻlamiz. Bugungacha olib borilgan izlanishlar natijasida xorazmiylar davriga oid asarlar aniqlanib, turkiy til tarixi sahifalaridan joy oldi. Ular, yuqorida nomi tilga olingan davrning eng muhim asarlaridan biri Zamaxshariy tomonidan qalamga olingan «Mukaddimatul - adab» asaridir. «Adabga kirish» degan ma’noni anglatuvchi mazkur asar, arab tilini o‘rganuvchilar uchun qisqa jumlalar va so‘zlardan iborat amaliy lug‘atdir. Yana bir asar esa Rabg‘uziy tomonidan 1311 - yili yozilgan va payg‘ambarlar haqidagi qissalardan iborat bo‘lgan «Qissasul anbiyo» asaridir. «Muinul - murid» nomli asar esa muridning yoki shogirdning yordamchisi degan ma’noni anglatadi va Islom ismli shoir tomonidan qalamga olingan 900 baytli asardir. Xorazmlik Qutb ismli shoirning «Husrav va Shirin» asari ham shu davrga oiddir. Asar mavzusi sosoniylar hukmdori Husrav bilan arman hukmdorining singlisi Shirinning muhabbati haqida bo‘lib, u roppa – rosa 4370 baytdan iboratdir. Mahmud bin Ali qalamiga mansub «Jannatlarning ochiq yo‘li» ma’nosidagi «Nahjul farodis» nomli asar, turkiy adabiyotdagi qirq hadis tarjimalarining birinchi namunasidir. Asar to‘rt bobdan va har bir bob o‘n fasldan iboratdir. Xorazmiy tomonidan 1353 - yili oʻnta kichik noma shaklida, masnaviy tarzida yozilgan «Muhabbatnoma» asari ham xorazmshohlar davri asarlari roʻyxatini toʻldiradi.

Turk adabiyotidagi Qur’on tarjimalaridan yana bir misoli ham Xorazm davriga tegishlidir. Ushbu tarjimaning til xususiyatlariga ko‘ra aniqlangan yagona nusxasi, Istanbuldagi «Sulaymoniya» kutubxonasidadir. Bu asarning kim tomonidan qalamga olingani noma’lum ammo nomidan ham koʻrinib turganidek diniy bir asar boʻlgan «Merojnoma», meroj hodisasini tasvirlaydi. Bu davrga oid bir necha farmon va maktublarni ham oʻz ichiga olgan muhim qoʻlyozma asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqdadir.

Bu asarlar ham mazmuni ham da til xususiyatlari jihatidan turkiy tilining yozma tarixida katta ahamiyatga ega. Asarlarning mazmunini baholagudek boʻlsak unda uning odatda didaktik xarakterda diniy mavzular qoʻlga olinganini aytish mumkin. Turk tilida yozilishi jihatidan asarlar islom madaniyatidan tashqari an’anaviy tarzda turk madaniyatining ham yashatilgani va saqlanib qolinganidan dalolat bermoqda.

***

Dasturimizning bugungi sonida, Turk dunyosi tadqiqotlarida alohida oʻringa ega boʻlgan Xorazm davri va ana shu davrda qalamga olingan asarlar haqida soʻz qildik. Mazkur dasturni Turkiya ovozi radiosi uchun Nazgul Qadirova tayyorladi.  

 

 



Aloqador xabarlar