Men o’z vaqtida uxlashga ahamiyat beraman, chunki…

Chunki-06

2097628
Men o’z vaqtida uxlashga ahamiyat beraman, chunki…

 

Bugun sizlar bilan xohlasak ham bajarishdan qochib qutula olmaydigan, tanamizning eng muhim ehtiyojlaridan biri bo'lgan uyqu haqida gaplashamiz. Men o’z vaqtida uxlashga ahamiyat beraman, chunki… degan holda dasturimizni boshlaymiz.

Agar siz o’z vaqtida uhlamasangiz va uyqu tartibiga rioya qilmasangiz, biz sizga aytmoqchi bo'lgan narsa ma'lum bir chastotadagi tovush to'lqinlari bo'lishdan nariga o'tmaydi. Eshitgan narsangizni ongingiz qabul qilishi qiyin kechadi. Chunki, uyqu nafaqat tanamiz balki, miyamizning faoliyati bilan ham chambarchas bog'liq…

Tabiatdagi mavjudotlar uyquni oziqlanish va himoya ehtiyojlariga qarab tartibga soladi. Misol uchun, yovvoyi hayvonlar kunduzi tabiatda yirtqichlarning oson ovlanishini bilgani uchun, kunduzi uyquga ketishni va tunda ov qilishni afzal ko'radilar. Biz, odamlar sifatida, tsivilizatsiya keltirgan qulaylik tufayli 24 soatlik kun davomida xohlagan vaqtda uxlashni tanlashimiz mumkin.

Vaholanki, bizning miyamiz va tana tuzilishimiz kunning ma'lum vaqtlarida ma'lum miqdorda uyquga muhtoj. Hayvonlar kabi yirtqichlardan yashirinish yoki o'ljani qidirish uchun emas, balki bizning tanamiz kunduz va tun muvozanatini kunduzgi yorug'likka qarab moslashtiradi. Inson miyasida vaqtni juda yaxshi biladigan usta soat mavjud desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu soat ertalab uyg'onishimizga va kechasi uxlab qolishimizga yordam beradi.

Miyamizda xuddi vaqtni yaxshi biladigan soat bor desak boladi. Bu soat ertalab uyg'onishimizga va kechasi uxlab qolishimizga yordam beradi. Kunning yorishi bu soatning eng yaqin do’stidir. Yorug’lik miyadagi soat muvozanatini ta'minlaydi. Odamlar oziq-ovqatdan ololmaydigan D vitaminini quyoshdan oladilar. Shuning uchun quyosh nuridan foydalanish juda muhimdir.

Uyqu miyamizdan tanamizga yoyiladigan neyronlarning tarqalishini tartibga soladi. İnson uyg'oq bo’lganda miya asalari kabi ishlaydi. U doimiy ravishda yangi xotira ulanishlarini amalga oshiradi. Buning uchun miya yoqilg'isi bo'lgan glyukoza zarur bo’ladi. Kech qolsangiz, neyronlar charchaydi va chalkashib ketadi. Boshqa xotiralarni saqlashga qiynaladi.

Uyqu kun davomida miyada to’plangan keraksiz ma’lumotlarni tozalaydi. Bizning barcha harakatlarimiz yoqilg'isi bo'lgan glyukoza uyqu paytida harakat qilmaganimiz uchun miyaga ko'proq uzatiladi. Shunday qilib, miya kerakli ma'lumotlarni saqlaydi va keraksiz ma'lumotlarni tozalaydi.

Shu sababli muntazam uyqu inson salomatligi uchun xuddi ovqatlanish kabi asosiy ehtiyojdir desak adashmagan bo’lamiz.


Tanlangan kalimalar: #uyqu

Aloqador xabarlar