Energiya kun tartibi-05

Dasturimizning bugungi sonida "yadro energiyasining energiya xavfsizligiga ta'siri" haqida gaplashamiz.

2094638
Energiya kun tartibi-05

 

Atom energetikasi, ayniqsa, tabiiy energiya resurslari cheklangan mamlakatlar uchun katta ahamiyatga ega. Oxirgi Rossiya-Ukraina urushi bu vaziyatni yaqqol ko'rsatdi. Ko'pgina davlatlar o'zlari yopishga tayyorlanayotgan atom elektr stansiyalarining xizmat muddatini uzaytirdilar. Ular energiya xavfsizligini shu yo'l bilan ta'minlashga harakat qilmoqdalar. 

Turkiya ham yadroviy texnologiyaga ega davlatlar qatoriga kirish uchun kun sanamoqda. Akkuyu atom elektr stansiyasining birinchi reaktori oktyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan..

Qurilish ishlari tugallangach, 2023-yil 27-aprelda stansiyaga yonilg‘i tayoqchalari kiritilishi bilan ob’ekt yadroviy inshootga aylandi.

Inshoot 1200 megavatt quvvatga ega 4 ta reaktordan iborat. Akkuyu atom elektr stansiyasining 2026-yilda to‘liq quvvat bilan ishlashi rejalashtirilgan.

Elektr stansiyasi to‘liq ishga tushganda yiliga taxminan 35 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Akkuyu AES Turkiyaning energiya iste'molining 10 foizini qoplaydi.

Biroq, Akkuyu atom elektr stansiyasi Turkiya uchun birinchi bo'lsa-da, u yagona atom inshooti bo'lmaydi. Qisqa vaqt ichida biri Sinopda, ikkinchisi Frakiyada ikkita yangi yadroviy inshootning poydevorini qo'yish rejalashtirilmoqda.

Atom elektr stantsiyalari issiqxona gazlarini chiqarmaydi. Shu sababli, global miqyosda yadroviy reaktorlar sonini ko'paytirish orqali issiqxona gazlari chiqindilarini har yili jami 17 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda.

1970-yillarning boshlaridagi neft inqirozi natijasida atom elektr stantsiyalarini o'rnatish tezlashdi. Neft va boshqa uglevodorod resurslariga ega boʻlmagan davlatlar bu resurslarga qaramlikni kamaytirish va energiya taʼminoti xavfsizligini taʼminlash maqsadida atom elektr stansiyalariga murojaat qildi.

Hozirda 32 davlatda 441 ta yadro reaktori, 17 ta davlatda 53 ta yadro reaktori qurilmoqda. Atom elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi dunyodagi elektr energiyasining taxminan 10% ni tashkil qiladi.

Fransiya elektr energiyasiga bo'lgan talabning 70% dan ortig'ini, Ukraina 51%ini, Shvetsiya taxminan 30%ini, Belgiya taxminan 40%ini, Yevropa Ittifoqi 26%ini, Janubiy Koreya taxminan 30%ini va AQSh 20%ini atom energiyasidan ta'minlaydi.

Dunyodagi atom elektr stansiyalarining o'rnatilgan energiya ma'lumotlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, AQSH 100 ming MVt ga yaqin faol elektr stansiyasi quvvati boʻyicha yetakchi boʻlsa, AQShdan keyin Fransiya, Xitoy, Yaponiya va Rossiya keladi.

Aholi jon boshiga tushgan atom elektr stansiyasi quvvati boʻyicha Fransiya har bir fuqaroga tushgan 941 vatt AES bilan yetakchi o’rinda, Shvetsiya esa 853 vatt bilan ikkinchi oʻrinda turadi.

Xo'sh, atom energiyasidan foydalanish bo'yicha yetakchi mamlakatlarda qancha reaktor bor? U qancha quvvat ishlab chiqaradi?

AQSH

AQSH yadro energetikasi boʻyicha yetakchi hisoblanadi. Mamlakatdagi 92 ta faol reaktor elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning 20 foizini ta’minlaydi.

Hozirda AQShda ikkita reaktor qurilmoqda. Mamlakatda modulli yadro reaktorlarini jadal tadqiq etish va sarmoya kiritish ishlari olib borilmoqda.

So‘nggi paytlarda mamlakatdagi eski issiqlik elektr stansiyalari o‘rniga atom inshootlarini barpo etish bo‘yicha tadqiqotlar va izlanishlar olib borilmoqda..

Fransiya

Fransiya ishlab chiqarish elektr energiyasining 70 foizini mamlakatdagi 56 ta yadro reaktoridan ta'minlaydi.

Fransiyaning EDF energetika kompaniyasi qish oylarida ko'proq reaktorlarni faollashtirish uchun texnik xizmat ko'rsatish jarayonlarini tezlashtirdi. Prezident Emmanuel Makron qazib olinadigan yoqilg'iga qaramlikdan xalos bo'lish uchun 14 ta yangi yadro reaktorlarini qurish rejasini e'lon qildi. Mamlakat, shuningdek, mini modulli yadroviy reaktor (SMR) texnologiyalariga sarmoya kiritishga qaror qildi.

Xitoy

Xitoy elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning 5 foizini 54 ta faol yadro reaktoridan ta’minlaydi. Hozirda mamlakatda 22 ta reaktor qurilmoqda. Xitoy hukumati tomonidan tasdiqlangan yana 38 ta reaktor mavjud.

Xitoy 2025 yilga borib har yili 6 dan 8 tagacha yadroviy reaktor qurishni va 2030 yilga borib bu sohada dunyodagi eng katta quvvatga ega davlatga aylanishni maqsad qilgan.

Aprel oyida 6 ta yangi reaktor qurilishini tasdiqlagan Xitoy, bu hafta 2 ta atom elektr stansiyasida 4 ta yangi reaktor qurilishini ham tasdiqladi.

Germaniya

Germaniya atom elektr stantsiyalaridan foydalanishni bosqichma-bosqich to'xtatishni rejalashtirayotgan edi.

Biroq, Rossiya tomonidan Ukrainada boshlatilgan urushdan so'ng, hukumat Rossiyadan gaz yetkazib berishda uzilish ehtimoliga qarshi tayyorgarlik ko'ra boshladi..

O‘tgan yili mamlakat jami elektr energiyasi ishlab chiqarishning 12 foizini 6 ta yadro reaktoridan ta’minladi.

Germaniya bu qishda elektr energiyasi ishlab chiqarishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bo'shliqni bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko'rdi.

Bu doirada mamlakat, Bavariyadagi “Isar 2” va Baden-Vyurtembergdagi “Neckarwestheim 2” nomli ikkita atom elektr stansiyasini zaxirada saqlashga qaror qildi. Ushbu elektr stansiyalari 2023-yil aprel oyi oʻrtalarigacha avariya holatlariga tayyor turish rejimida boʻladi.

Britaniya

Mamlakatda 9 ta yadro reaktori faoliyat ko’rsatadi. Bu reaktorlar Britaniyaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 15 foizini qondiradi. Britaniya hukumati energiya inqirozi tufayli 30 milliard funt sterlinglik atom elektr stantsiyasi loyihasini tasdiqladi.

Belgiya

Mamlakatdagi 2 ta atom elektr stansiyasida 7 ta reaktor ishlamoqda. Yadro reaktorlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi mamlakat ehtiyojlarining qariyb yarmini qondiradi. Energiya inqirozi tufayli Belgiyada avvalroq 2025 yilda yopilishi rejalashtirilgan 2 ta atom elektr stansiyasining ishlash muddati 10 yilga uzaytirildi.

Niderlandiya

Kunimizda 1 ta reaktorga ega bo'lgan Niderlandiya 2 ta yangi yadroviy reaktor qurilishi uchun sarmoya rejalashtirishni boshladi.

Polsha

Mamlakat 6 ta reaktorni rejalashtirish bilan kichik hajmdagi yadroviy reaktor sarmoyalari bo'yicha tadqiqotlarni boshladi.

Hindiston

Hindistonda 22 ta yadroviy reaktor mavjud. Yadro mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 3 foizini ta'minlaydi. Kunimizda mamlakatda 8 ta reaktor qurilishi davom etmoqda. Hindiston 10 yil ichida atom energiyasidan elektr energiyasi ishlab chiqarishni uch baravarga oshirmoqchi. 12 ta yangi reaktor qurish rejalashtirilmoqda.

Yaponiya

Hozirda Yaponiyada 33 ta yadroviy reaktor mavjud. Mamlakatda 7 ta faol ishlayotgan reaktordan tashqari yana 9 ta reaktorni ishga tushirishga qaror qilindi. Shunday qilib, mamlakat elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojining 10 foizini atom energiyasidan ta'minlaydi.

Janubiy Koreya

Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 28 foizi atom elektr stansiyalari tomonidan ta'minlanadi. Mamlakatda 25 ta faol reaktor mavjud bo‘lib, kunimizda yana 3 ta reaktor qurilmoqda. Mamlakat 2030 yilgacha 10 ta atom elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda. Shunday qilib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda yadro ulushi 30 foizgacha oshadi.

Hatto neft va tabiiy gazga boy davlatlar ham elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun atom energiyasidan foydalanmoqdalar. Ayni paytda butun dunyoda 54 ta yadro reaktorini qurish ishlari davom etmoqda.

Qurilayotgan yadro reaktorlarining 11 tasi Xitoyda, 7 tasi Hindistonda va 4 tasi Rossiyada joylashgan. Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklarida 4 ta, Janubiy Koreyada 4 ta, AQShda 2 ta va Fransiyada 1 ta yadroviy reaktor qurilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AES

Aloqador xabarlar