Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 4

Dasturimizning bugungi sonida Qoraxoniylar davrining turk adabiyoti vakillaridan «Xo‘ja Ahmad Yassaviy» hayoti va uning «Devoni Hikmat» asari haqida so‘z qilamiz.

2092773
Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 4

«Pir-i Turkiston» degan nom bilan mashhur bo‘lgan va XII asrda yashab, faoliyat olib borgan Xo‘ja Ahmed Yassaviy, islom dinining turk qabilalari orasida qaror topishi va rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan tasavvuf peshvolaridan biridir. Ahmad Yassaviy hayoti haqidagi barcha matnlar, asosan, xalq orasida aytilgan rivoyatlarga asoslangan. Ammo u haqidagi haqiqat unsurlarini o‘z ichiga olgan eng muhim yozma manba «Devoni Hikmat» asaridir. Ushbu ma’lumotlarga kora, Ahmad Yassaviy Turkistonning g‘arbida, bugungi Qozog‘iston Respublikasining janubida joylashgan Chimkent yaqinidagi Sayram shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Alining avlodidan bo‘lgan Shayx Ibrohim, onasi esa Muso Shayxning qizi Oysha Xotundir. Kichik yoshida ota - onasidan ayrilgan Ahmad Yassaviy, katta opasi Gavhar bilan Yassi shahrida qo‘nim topgan. Manbalarga ko‘ra u birinchi ta’limni otasidan, keyin esa Saydamning yetuk olimi Shahobiddin Isfijobiydan olgan. U Yassi shahriga kelganida «Aslan bobo» ismli bir murshid Ahmad Yassaviyga ham manaviy otalik ham da ustozlik qildi. Rivoyatlarda, «Aslon bobo»ning bu vazifani Hz. Muhammad (s.a.v.)ning manaviy alomati bilan o‘z zimmasiga olgani aytiladi. Ahmad Yassaviy «Aslon bobo» olamdan o‘tgach, o‘sha davr islom sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri bo‘lgan Buxoroga borib, davrning yetuk allomasi Shayx Yusuf al - Hamadoniydan ta’lim oladi. Yusuf al - Hamadoniy vafotidan keyin irshod maqomiga Ahmad Yassaviyning o‘zi o‘tiradi. Biroz vaqt oʻtgach, u yerdan ketib, Yassi shahriga qaytadi va Oʻrta Osiyo turklariga xos boʻlgan «Yassaviylik tariqatiga» asos soladi. Qisqa vaqt ichida Xoʻja Ahmad Yassaviy oʻz fikrlari va asarlari bilan butun Turkistonda nom qozonadi. Hatto uning nomi hududlarni oshib koʻplab Islom davlatlariga yoyiladi. Shu bois ham butun Islom olamida, «Madinada Muhammad, Turkistonda Xoʻja Ahmad» degan soʻz keng tarqaydi. Xoʻja Ahmad Yassaviyning aniq tavallud sanasi nomaʼlum boʻlsa - da, «Fakr - noma» nomli risolada uning 73 yil yashab, 1166 - yili vafot etgani haqida maʼlumot bor. Xoʻja Ahmad Yassaviyning muhim rivoyatlaridan biri esa, «63 yoshga kirganlarida Payg‘ambarimiz Hz. Muhammadga Janobi Haq 63 yoshdan ortigʻini bermagan ekan. Shunday ekan bundan buyon mening uchun ham yer yuzida yashash harom» deb, yer ostida chillaxona qurib, umrining qolgan qismini ana shu yerda o‘tkazishi haqidadir.

Xoʻja Ahmad Yassaviy hikmatlarini oʻz ichiga olgan falsafiy va adabiy she’rlar majmuasi bugungi kunda «Devoni Hikmat» deb nomlanmoqda. Mazkur asar butun Turk dunyosining islom dinini tanishida muhim o‘rin tutadi. Mashhur Turkolog Eraslan, «Devoni Hikmat»ning mazmuni haqida quyidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratmoqda: «Hikmatlar mazmuni islom dini, Turkiston tasavvufi va yassaviylik tamoyillari, e’tiqod va aqidalaridan iborat. Bundan tashqari, ba’zi hikmatlar amaliy axloq va atrof - muhitning ijtimoiy muammolariga qaratilgan.

Munojat, na’t va ilk to‘rt xalifaga atalgan mathiyadan boshqa hikmatlarda e’tibor qaratilgan mavzularini quyidagicha sanab o‘tish mumkin: Ilohiy ishq, Ollohning birligi, mutlaq iroda va qudrat, Hz. Payg‘ambarning hurmati va muhabbati, Hz. Payg‘ambar alayhissalomning shariat va sunnatlari, zuhd va taqvo, ibodat, islom axloqi, islom rivoyatlari, oxirat hayoti, qiyomat, jannat va jahannam tasvirlari, dunyodan zohidona shikoyat, darveshlik fazilatlari, islom so‘fiylari qissalari, zikr va halvat kabi Yassaviy tariqatining odob va buyuklari haqidagi mavzular. Yassaviynnig shu kungacha to‘plangan hikmatlari 250 tani tashkil etadi. Hikmatlarning bugungi kungacha saqlanib qolganligining asosiy sabablaridan biri ularning xalq tilida, sodda turk tilida tushuntirilganligidir. Qolaversa, hikmatlarning deyarli har bir jamiyatda musiqa jo‘rligida tarannum etilishi va Xo‘ja Ahmad Yassaviydan keyin kelgan ko‘plab Yassaviy darveshlarining ham shu uslubda she’r yozishda davom etishi uning saqlanib qolishidagi muhim omillardandir.

Hikmatlarning turli qoʻlyozmalari va bosma nusxalari dunyoning koʻplab kutubxonalarida mavjud. Ular orasida eng qadimgi nusxalar XVI yoki XVII asrlarga oid. «Devoni Hikmat»ning ba’zi nusxalari Istanbul universiteti qoshidagi Turkshunoslik instituti kutubxonasida, Ahmet Jafero‘g‘lu, Emel Esin nusxalari, Manchesterdagi «The John Rylands» universiteti kutubxonasi, Istanbul universiteti, Xalq, Qoniya Mavlona muzeyi kutubxonalari bilan Leningraddagi Osiyo xalqlari muzeyida saqlanadi. Shuningdek asarning turli nashrlari ham mavjud.

Fikrlari bilan asrlarni oshib o‘tgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy vafotining 850 yilligi munosabati bilan UNESCO tomonidan 2016 - yil «Xo‘ja Ahmad Yassaviy yili» deb e’lon qilindi. Bu shaxsning turk dunyosi kelajagiga qo‘shgan hissalarini o‘zidan keyin yashab oʻtgan Mavlona, Yunus Emre, Xo‘ji Bektosh kabi davrining muhim siymolaridan ham ko‘rishimiz mumkin.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar