Energiya kun tartibi-03

“Energiya kun tartibi” dasturining bugungi sonida energiyadan samarali foydalanish, Turkiya va xalqaro hamjamiyatning maqsadlari haqida gaplashamiz.

2088907
Energiya kun tartibi-03

 

Energiya bo’yicha 2030-yil strategiyasi belgilandi.

“Energiya kun tartibi” dasturining bugungi sonida energiyadan samarali foydalanish, Turkiya va xalqaro hamjamiyatning maqsadlari haqida gaplashamiz.

Energiya resurslaridan samarali foydalanish dunyo kun tartibidagi eng muhim masalalardan biridir. Iqlim o'zgarishi, xalqaro inqirozlar va kun sayin kamayib borayotgan resurslar buning eng muhim sabablaridir.

Xalqaro hamjamiyat ham energiya resurslaridan samarali foydalanish uchun harakat qilmoqda. Iqlim o'zgarishi rejimini tartibga solish uchun Parij iqlim kelishuvi imzolangan. Turkiya ham ushbu kelishuvning tomonlaridan biri hisoblanadi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yilda uglerod gazi chiqindilari miqdori 36,8 milliard tonnadan oshdi va barcha davrlarning eng yuqori darajasiga yetdi. Hisob-kitoblarga ko'ra, o'tgan yildagi chiqindilar miqdori 40 milliard tonnadan oshdi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, o'tgan yili dunyo bo'ylab eng ko'p karbonat angidrid chiqargan davlat 30,7 foiz bilan Xitoy bo'ldi. Undan keyingi o‘rinni 13,6 foiz bilan AQSh egalladi.

Dunyo miqyosidagi uglerod chiqindilarining 7,6 foizi Hindiston, 7,4 foizi Yevropa Ittifoqi, 4,4 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Turkiyani boshqa davlatlardan ajratib turadigan juda muhim maqsadi bor. U ham bo’lsa, 2053 yilda yashil rivojlanish inqilobi bilan "nol emissiya darajasi" ga erishishdir.

Turkiya oxirgi 10 yilda yalpi ichki mahsulotini 67 foizga, mamlakat aholisini esa 13 foizga oshirdi. Ishlab chiqarish va farovonlikning oshishi bilan energiya iste'moli ham oshdi.

Yashil rivojlanish maqsadi sari eng muhim qadam energiya samaradorligi hisoblanadi... Turkiya 2017-2023 yillarga mo'ljallangan energiya samaradorligini oshirish bo'yicha birinchi milliy harakat rejasini e'lon qildi. Yashil energiyaga jami 8,5 milliard dollar sarmoya kiritildi. Ishlab chiqarishdan tortib to yakuniy iste’molgacha bo‘lgan barcha tarmoqlarda amalga oshirilgan ishlar natijasida birlamchi energiya sarfini 14 foizga tejashga erishildi. 70 million tonna chiqindilarni kamaytirishga erishildi.

Turkiya “Nol emissiya” maqsadi bilan yashil rivojlanish uchun imkoniyatlarini kuchaytirdi.

Energetika va tabiiy resurslar vazirligi 2030-yilgacha energiya samaradorligini oshirish boʻyicha yoʻl xaritasini ham eʼlon qildi.

Yo'l xaritasiga ko'ra, Turkiya 2030-yilga qadar energiya iste'molini 16 foizga kamaytirish va emissiyani kamaytirishga 100 million tonna hissa qo'shishni maqsad qilgan. Energiya samaradorligi uchun 20 milliard dollarlik sarmoya kiritish rejalashtirilgan.

Biroq, energiya samaradorligi bo'yicha tashlanadigan qadamlar faqat investitsiyalar bilan bog'liq emas.

2030 yilga kelib, jamoat binolarida 30 foiz energiya tejashga erishiladi. Energiya samaradorligi uchun foydalaniladigan tizimlar va texnologiyalar rivojlantiriladi. Imtiyozlar bilan sanoatda chiqindi issiqlikni qayta ishlash loyihalari soni ikki barobar ortadi. Elektr dvigatellari va issiqlik nasoslaridan foydalanish kengaytiriladi.

Loyiha maqsadlariga muvofiq, umumiy yoritishda 1,2 million LED yoritgichlar o'rnatiladi. Zarar va qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida smart hisoblagichlar ko‘rsatkichi 25 foizga oshiriladi.

Turkiyada hozirda taxminan 110 ming megavatt quvvatga ega 13 ming 35 ta elektr ishlab chiqarish zavodi mavjud.

2023-yil noyabr holatiga ko‘ra, elektr energiyasi ishlab chiqarishning 29,8 foizi gidravlik, 23,9 foizi tabiiy gaz, 20,5 foizi ko‘mir, 11 foizi shamol, 10,6 foizi quyosh, 1,6 foizi geotermal va 2,6 foizi boshqa resurslardan foydalangan holda ishlab chiqariladi.

2035-yilga kelib quyosh energiyasi quvvatini 53 mingtaga, shamol migratsiyasini 30 mingtaga, gidroelektr energiyasini 35 mingtaga, geotermal va biomassa quvvatini taxminan 5 ming megavattga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Energiya samaradorligi doirasida amalga oshiriladigan qadamlar va investitsiyalar bilan toza energiyadan foydalanish darajasini jami 70 foizdan oshirish maqsad qilinmoqda.

Toza energiya ishlab chiqarish va samarali foydalanish bilan uglerod chiqindilarini 35 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.

Xalqaro energetika agentligining 2024 yilgi hisobotiga ko'ra, dunyoda qayta ishlab chiqariladigan energiya salohiyati so'nggi 30 yil ichida tezkor o'sishi kuzatilmoqda.

Dunyoda o‘tgan yili 2022-yilga nisbatan 510 gigavatt quvvat bilan 50 foizdan ko‘proq qayta ishlab chiqariladigan energiya manbalari ishga tushirildi, bu o‘sishning 75 foizi quyosh energiyasi hisobiga ta’minlandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #energiya

Aloqador xabarlar