2023 – yil Turk Respublikalari uchun qanday o‘tdi?

Yevroosiyo kun tartibi - 2 (2024)

2087330
2023 – yil Turk Respublikalari uchun qanday o‘tdi?

2023 - yil Turk dunyosining integratsiyasi jihatidan samarali yil bo‘ldi.

O‘tgan 2023 – yili birin - ketin Turk Respublikalari o‘rtasidagi kasbiy va institutsional hamkorlikni rivojlantiruvchi ittifoqlar tashkil etildi. Masalan 6 – mart kuni Anqara shahrida TURKSOY Yozuvchilar uyushmasi, 15 – mart kuni Olmaota shahrida Turk dunyosi sanʼati universitetlari ittifoqi, 29 – iyul kuni Shusha shahrida Turk davlatlar kasaba uyushmalari tashkilotiga asos solindi. Keyin esa 5 - oktabrda Anqara shahrida Turk dunyosi notariuslar uyushmasi, 26 - oktabrda Turkiston shahrida Turk davlatlari baholovchilar uyushmasi kengashi, 6 - noyabrda Istanbul shahrida Turk axborot agentliklari uyushmasi, 10 – noyabr kuni Samarqand shahrida Turk dunyosi arxeologiya tadqiqotlari institutlari va markazlari ittifoqi, 10 – dekabr kuni Shusha shahrida Turk dunyosi madaniy poytaxtlari ittifoqi va 25 – dekabr kuni Toshkent shahrida Turk dunyosi kinorejissyorlari ittifoqi tashkil etildi. Turk Respublikalari o‘rtasida institutsional ittifoqlarning tashkil etilishi, munosabatlar bilan integratsiyaning qay darajada rivojlanganini ochiq – oydin ko‘rsatmoqda.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar 2023 - yili Ozarbayjon bilan Qirg‘izistonga amaliy tashrif uyushtirdi. Bu holat, Turk Davlatlari Tashkilotining kuzatuvchi aʼzolaridan biri boʻlgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasining toʻliq tan olinishi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.

2023 - yili Turk dunyosining kelajagi uchun yana bir muhim qadam tashlandi. U ham bo‘lsa 2023 - yilning 13 – 14 oktabri kunlari Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan TURKSOY yig‘ilishida 2015 – yilda kimyo yo‘nalishida Nobel mukofotiga munosib ko‘rilgan, turk olim, professor doktor Aziz Sanjarning Turk dunyosi madaniyat elchisi deb e’lon qilinishi edi.

***

2023 - yilning 3 - noyabri kuni Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Turk Davlatlari Tashkilotining 10 - sammiti “Turk davri” shiori ostida oʻtkazildi. TurkPA, TURKSOY, Xalqaro Turk akademiyasi, Turk madaniyati va merosi fondi, Turkiya investitsiya jamgʻarmasi har yili oʻtkaziluvchi yigʻilish va tadbirlarini yana – da orttirgan holda davom ettirmoqda.

“Turk dunyosi madaniyat poytaxti” tadbirlari har yili muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. Ozarbayjonning Shusha shahri 2023 - yili Turk dunyosining madaniy poytaxti bo‘lar ekan bu yil, ya’ni, 2024 –yili Turk dunyosining madaniy poytaxti deb Turkmanistonning Anev shahri tan olindi. Eslatib o‘tamiz Ostona (2012), Eskishehir (2013), Qozon (2014), Marv (2015), Sheki (2016), Turkiston (2017), Kastamoʻnu (2018), O‘sh (2019), Xiva (2020) va Bursa (2022) Turk dunyosining madaniy poytaxti sifatida qabul qilingandi. Dasturimiz boshida aytib o‘tganimizdek, Turk dunyosi madaniyat poytaxtlari uyushmasi 2023 - yili tashkil etildi.

2023 - yili Ozarbayjonning Shamaxi shahri Turk dunyosining turizm poytaxti vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Turk dunyosining turizm poytaxti deb 2024 - yili Qozog‘istonning Turkiston shahri e’lon qilindi.

Shu nuqtai nazardan, har besh yoki o‘n yilda e’lon qilinuvchi “Turk dunyosi ilm poytaxti” loyihasining amalga oshirilishi Turk Respublikalarning kelajagi va taraqqiyoti uchun zarurdir.

 

 



Aloqador xabarlar