Men suvdan ehtiyotkorlik bilan foydalanyapman, chunki...

Chunki - 1

2082783
Men suvdan ehtiyotkorlik bilan foydalanyapman, chunki...

TRT Turkiya ovozli radiosining 2024 – yilgi ilk sonida sizlarni yangi dasturimiz bilan tanishtirishdan g‘oyat xursandman. Ushbu dasturimiz yil davomida haftaning har dushanba kuni siz azizlar e’tiboriga havola qilinadi. Unda kundalik hayotimizda o‘rin olgan ba’zi masalalar shu jumladan, ba’zan tez – tez takrorlangani bois qanday ma’noga kelishi unitilgan yoki e’tiborimizdan chetda qolgan turli xatti – xarakatlarimiz haqida so‘z qilamiz. Eng muhimi ularning ba’zilarini davom ettirishimizning zarurligi, ba’zilarini esa imkon qadar takrorlamasligimiz kerakligiga e’tibor qaratamiz. Shu bois dasturimizni, turk tilida sabab – oqibat munosabatlarini aniqlovchi “Chunki” so‘zi bilan atadik. Bugun biz uchun hayot manbai bo‘lgan suvdan nima uchun ehtiyotkorlik bilan foydalanishimiz kerakligiga e’tibor qaratamiz.

***

Suv hayotimizda katta o‘rin egallaydi. Tanamizning oltmish foizi, biz yashayotgan dunyoning esa taxminan 70 foizi suvdan iborat. Bugungi kunga qadar olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, suv faqat bizning sayyoramizda suyuq holatda mavjud. Yana xuddi shu tadqiqotlar tiriklikning, hayotning ham faqatgina bizning dunyomizga xos ekanidan xabar bermoqda. Bu ikki ma’lumot suvning hayot bilan bo‘lgan aloqasini boshqa yo‘lga murojaat qilmay turib, tushunib yetishimiz uchun yetarli desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 ***

Dunyoning to‘rtdan uch qismi suvdan iborat bo‘lishiga qaramay uning faqatgina ikki yarim foizi shirin suvdir. Qolganlari esa tuzli suv va unga ham sayyoramizdagi hayot uchun ehtiyoj bor ammo insonlarning yashay olishi uchun shirin suvga yana – da ko‘proq muhtojmiz. Bir kunda 2 litr atrofida suv ichmay sog‘lom hayot kechirish mumkin emasligi hammamizga ma’lum. Qolaversa, tanamiz va atrof - muhit tozaligi salomatligimiz uchun qanchalik muhim o‘ringa ega ekanini yaqindagina Covid - 19 pandemiyasi paytida yana bir bor tushunib yetdik.

***

Zamonaviy dunyoda, ayniqsa shahar hayotida suvga erishish juda oson. Balki shuning uchun ham qo‘lda borning qadrini bilmaymiz. Har safar jo‘mrakni ochganimizda tozalangan va hatto ba’zi shaharlarda ichsa bo‘ladigan toza suvga egamiz degan fikrdamiz. Biroq, global iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan qurg‘oqchilik va rejadan tashqari sanoatlashtirish natijasida yuzaga kelgan suvning ifloslanishi allaqachon o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsata boshladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyoda har uch kishidan biri toza ichimlik suviga ega emasligi va agar mavjud sharoit davom etgudek bo‘lsa 2050 - yilga borib olti milliardga yaqin inson yiliga kamida 1 oy suv cheklangan joylarda yashashini ma’lum qildi.

Shu qisqa vaqt ichida eng asosiy moddalariga e’tibor qaratilgan omillar ham, “Men suvdan ehtiyotkorlik bilan foydalanyapman, chunki...” deb boshlanuvchi uzun ro‘yxatni tuzish imkonini beradi.

 


Tanlangan kalimalar: #sayyora , #hayot , #suv

Aloqador xabarlar