Energiya dunyosi - 1

Energiya masalasi 2023 - yili ham dunyo ham Turkiya kun tartibidagi eng muhim moddalardan biri bo‘ldi.

2082730
Energiya dunyosi - 1

Energiya masalasi 2023 - yili ham dunyo ham Turkiya kun tartibidagi eng muhim moddalardan biri bo‘ldi. Vaziyat bu yil, 2024 – yili ham o‘zgarmaydiganga o‘xshaydi.

Turkiya oxirgi yillarda ketma - ket tashlangan qadamlar orqali bir tomondan energiyaga bo‘lgan qaramlilikni bartaraf etish, ikkinchi tomondan esa xalqaro ma’noda mazkur mavzuda markaziy davlatga aylanishni ko‘zlamoqda.

Yevropa esa Rossiya - Ukraina urushi tufayli energiya sohasida jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqda.

Mamlakatdagi va dunyo kun tartibidagi xuddi shu masalalar ustidan tayyorlangan «Energiya dunyosi» dasturi, bugundan e’tiboran, haftaning har dushanba kuni siz a’zizlar e’tiboriga havola qilinadi. Shunday ekan dasturimizning ilk soni siz bilan.

***

Xo‘sh, Turkiya energiya sohasida bugungacha qanday qadamlar tashladi?

2024 – yili nimalar qilmoqchi?

Bundan keyingi jarayonda qanday qadamlar tashlanishi rejalashtirilmoqda?

Turkiya dengizlarda tabiiy gaz qazish ishlarini davom ettirmoqda. Birinchi navbatda Qora dengizda 710 milliard kub metr tabiiy gaz zaxirasi topildi. Sharqiy O‘rta yer dengizida ham eng qisqa vaqtda qazish faoliyatlari o‘z ishini boshlaydi.

Janubi - Sharqiy Anado‘lu mintaqasida muhim miqdorda neft zaxiralari topildi. «Shahid Aybuke Yalchin» nomidagi sohada bir kunda 100 ming barrel neft ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. «Shahid Esma Chevik» sohasida esa 12 milliardlik qiymatga ega ekani taxmin qilingan 150 million barrel neft zaxirasi topildi.

Turkiya qayta tiklanadigan energiya sohasida ham muhim qadamlar tashlamoqda. Elektr energiyasining 55 foizi qayta tiklanadigan resurslardan foydalangan holda ishlab chiqarilmoqda.

«Akkuyu» atom elektr stansiyasining birinchi reaktori ham yaqin oylarda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. 2028 - yilda boshqa reaktorlar ishlay boshlagach, yiliga 35 milliard kilovatt - soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

***

Joriy yilda yangi atom elektr stansiyalari bo‘yicha ham chora - tadbirlar ko‘rish rejalashtirilmoqda.

Ammo energiya sohasidagi yangi loyihalar faqatgina yadro bilan cheklanib qolmaydi...

Xalqaro 7 ta tabiiy gaz quvuri Yevropaga Turkiya orqali yetib bormoqda. Yaqinda yangi liniyalar ham quriladi. Bundan tashqari, yaqin orada mavjud liniyalarning quvvati kengaytiriladi.

Bularni amalga oshirishdan maqsad, mamlakatni energiya markaziga aylantirishdir.

Shu maqsadda Rossiya bilan yaqin hamkorlik olib borilmoqda. Trakiyada tashkil etiluvchi energiya markazi orqali tabiiy gazning Yevropaga bir yo‘ldan, ya’ni Turkiya orqali yetkazib berilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu holat Turkiyani tabiiy gaz narxini belgilashda ham eng muhim davlatlardan biriga aylantiradi.

Turk dunyosi bilan ham energiya sohasida yangi qadamlar kun tartibida. Ozarbayjon Armaniston tomonidan bosib olingan Qorabog‘ tuproqlarini ishg‘oldan qutqardi. Navbatda Zangazur yo‘lagini ochish rejasi bor. Ushbu yo‘lakning ochilishi orqali Turkiya bilan Turk dunyosi bir - biriga uzluksiz bog‘lanadi. Bu holat energiya ta’minoti xavfsizligi va hamkorlik uchun turli imkoniyatlar tug‘dirishi mumkin.

Hozircha, Ozarbayjondan keyin Turkmaniston tabiiy gazini ham xalqaro bozorlarga Turkiya orqali yetkazib berish imkoniyati baholanmoqda.

 



Aloqador xabarlar