O‘pka salomatligini mustahkamlovchi oziq – ovqatlar nimalardan iborat?

«Foydali maslahatlar» dasturining bugungi sonida, o‘pka salomatligi uchun foydali va ziyonli oziq – ovqatlar haqida so‘z qilamiz.

2080641
O‘pka salomatligini mustahkamlovchi oziq – ovqatlar nimalardan iborat?

Olma

Antioksidantlar miqdori yuqori bo‘lgani tufayli olma o‘pka sog‘lig‘ini qo‘llab - quvvatlaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bir haftada 5 yoki undan ko‘p olma iste’mol qilgan insonlarning o‘pkalari yaxshi ishlaydi.

Banan

Kaliyga boyligi jihatidan banan mevasini iste’mol qilish, o‘pka uchun foydalidir.

Chernika

O‘pka to‘qimasini tashqaridagi ziyonlardan himoya qiluvchi moddalarni o‘z ichiga olgan chernika ham o‘pka sog‘lig‘ini himoya qiladi.

Qulupnay va malina

Tarkibidagi yuqori miqdordagi C vitamini orqali qulupnay bilan malina ham o‘pka salomatligi uchun foydali bo‘lgan mevalar ro‘yxatiga kiradi.

Qizil karam

Qizil karamni iste’mol qilish ham umumiy salomatlik ham da o‘pka salomatligi jihatidan foydalidir. U o‘z ichiga olgan faol moddasi va tolali tuzilishi bilan o‘pka funktsiyalarini oshiradi.

Pomidor

Pomidorda o‘pka salomatligini qo‘llab – quvvatlagan likopen moddasi mavjud. Pomidorni iste’mol qilish o‘pka funktsiyalarini yo‘qotishdan asraydi va hatto uni yaxshilashga yordam beradi.

Qizil qalampir

Qizil qalampir, C vitamini boy sabzavotlar orasida birinchi o‘rinda turadi. Ayniqsa sigaret chekuvchi insonlarning ko‘proq iste’mol qilishi tavsiya qilinadi.

Zanjabil va kurkuma

Antioksidantlar bilan yallig‘lanishga qarshi moddalarga boyligi jihatidan zanjabil bilan kurkuma ham o‘pka salomatligini mustahkamlovchi oziqlardandir.

Lavlagi

Lavlagi tarkibida nitrat kislotasi mavjud. U esa qon tomirlarni kengaytirish orqali kislorod olishni qulaylashtiradi.

Sarimsoq

Xalq orasida tabiiy antibiotik sifatida tanilgan sarimsoq, tarkibidagi allitsin moddasi tufayli o‘pkani himoya qilib, uni tozalaydi.

 Yogurt

Kaltsiy, kaliy, fosfor va selen moddasiga boy bo‘lgan yogurt ham parhez ro‘yxatiga ilova etilib, muntazam ravishda iste’mol qilingudek bo‘lsa o‘pka salomatligi mustahkamlanadi.

Zaytun yog‘i

Ham kuchli yallig‘lanishga qarshi ham da antioksidant manbai bo‘lgan zaytun yog‘i, ayniqsa tarkibida E vitamini orqali o‘pka kasalliklari shikoyatlarini yengillashtiradi va umuman olganda o‘pka salomatligini oziqlantiradi.

Qovoq

Qovoq alfa va beta karotinga boy sabzovotlardan biri bo‘lib, o‘pka salomatligini saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi.

Qahva

Kuniga 1 chashka qahva ichib, qahva tarkibidagi kofein va antioksidantlar yordamida o‘pka salomatligini himoya qilishingiz mumkin.

Ko‘k choy

Ko‘k choy tarkibida yuqori miqdorda katexin moddasi bordir. Shu bois ham u, muntazam ravishda iste’mol qilinganida o‘pkadagi to‘qimalarning qotib qolishini oldini oladi.

Bundan tashqari tolaga boy oziq - ovqatlarni iste’mol qilish o‘pka salomatligini oziqlantiradi, himoya qilib, uni qo‘llab - quvvatlaydi. 

Xo‘sh, o‘pka salomatligiga ziyon yetkazuvchi oziq – ovqat va moddalar nimalardan iborat?

Chekish va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish

O‘pkaga ziyon yetkazishi isbotlangan eng muhim modda, shubhasiz, sigaretalardir. Uzoq muddatga qadar sigaret chekish surunkali bronxit va davolanmagudek bo‘lsa unda surunkali obstruktiv o‘pka kasalligiga yo‘l ochishi mumkin. Shu bois sigaret chekish, o‘pkaning eng katta dushmanidir.

Turli tuman tozalovchi vositalar

Turli – tuman tozalovchi va oqartiruvchi moddalardan foydalanish o‘pka salomatligiga ziyon yetkazishi mumkin. Undan tez – tez va ko‘p foydalanish hatto astma xurujlarini ham keltirib chiqaradi. Ularni uy sharoitida bir – biri bilan aralashtirish esa mutlaqo noto‘g‘ri.

Asbest

Bugungi kunda ishlatilmasa - da, o‘tmishda qo‘llanilgan va hozirda ba’zi kemalar bilan binolarda uchraydigan asbest ham o‘pkaning eng ashaddiy dushmanlaridan biridir.

O‘pka salomatligini qo‘llab – quvvatlovchi turmush tarzi odatlari:

  • Soglom ovqatlanish: O‘pka uchun foydali oziq - ovqatlarni o‘z ichiga olgan ovqatlanish dasturiga rioya qilish va sog‘lom ovqatlanish orqali o‘pka salomatligini himoya qilish mumkin.
  • Muntazam ravishda jismoniy mashq: Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanish o‘pka salomatligini mustahkamlaydi
  • Uyqu rejimiga e’tibor berish: Uyqu nafaqat o‘pka salomatligi balki hayotingiz davomida sifatli hayot kechirishingiz jihatidan ham muhimdir.
  • Yopiq joylarda kop vaqt otkazmaslik: Yopiq muhitda ko‘p vaqt o‘tkazish, o‘pkaning ehtiyoji bo‘lgan toza havoga ulashishiga monelik qiladi. Uzoq muddatga qadar bunday muhitda qolgan insonlar orasida, yuqumli kasalliklarning yoyilish ehtimoli ham yuqori.
  • Niqob taqish: O‘zingizni noqulay his qilgan muhitda mutlaqo niqob taqib, iloji boricha atrof – muhitni shamollating.
  • Stressdan uzoqroq turing: Kuchli stress ostida yashovchi insonlarda yurak va o‘pka salomatligi salbiy ta’sir ko‘radi.

 Doktor Mehmet Uchar tomonidan tayyorlangan «Foydali maslahatlar» dasturini tingladingiz.

 


Tanlangan kalimalar: #o‘pka salomatligi

Aloqador xabarlar