Bularni bilasizmi 69- qism

Ming yillik tarixga ega va imperiyalarga mezbonlik qilgan muhtasham Istanbul tarixiy va madaniy qadriyatlarga ega, o'zining mushuklari bilan bir qatorda tabiiy go'zalliklari bilan ham mashhur shahar.

2080629
Bularni bilasizmi 69- qism

 

 Bularni bilasizmi 69- qism

ISTANBUL MUSHUKLARI

Tarixiy Istanbul shahri mushuklari bilan ham mashhur ekanini bilasizmi?

Ming yillik tarixga ega va imperiyalarga mezbonlik qilgan muhtasham Istanbul tarixiy va madaniy qadriyatlarga ega, o'zining mushuklari bilan bir qatorda tabiiy go'zalliklari bilan ham mashhur shahar. Lekin bu Istanbulga xos mushuk zoti deb o'ylamang, biz bu shaharda istalgan vaqtda uchratish mumkin bo'lgan ko'cha mushuklari haqida gapiramiz.

Xalqaro ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, barcha mushuklar Anatoliya va Misrdandir. Mushuklar Anadoluda ovchi sifatida etishtirilgan, Usmonlilar davrida shahar hayotiga moslashgan va Istanbuldagi mushuklar sonining tez ortib borishi shaharda “mushuk madaniyati”ni yuzaga keltirgan.

  Shunday qilib, mushuklar Istanbulda kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Usmonlilar davrida qarovsiz hayvonlar himoyalangan va odamlar bunga da'vat etilgan.

  Oshxonalarda muhtoj odamlarga, shuningdek, mushuk va itlarga ovqat berilgan.  Hatto qarovsiz hayvonlarni boqish va himoya qilish uchun fondlar tashkil etilgan. Bugungi kunda hayvonlar boshpanalari va ularning xodimlari, shuningdek, minglab ko'ngillilar bu vazifani davom ettirmoqdalar.

Usmonli imperiyasi hayvonlar huquqlarini tartibga soluvchi birinchi davlatdir. XVI asrda tayyorlangan  qonunnomalarda,

  Keksa hayvonlarni og'ir ishlarda ishlatish taqiqlanadi. Usmonlilar imperiyasida odamlar hatto qarovsiz hayvonlarga meros qoldirgan.

Istanbulning deyarli har bir tumanida mushuklarni uchratish mumkin. Har xil rangdagi va yoshdagi mushuklar bog'larda, deraza tokchalarida, do'kon eshiklarida, uni do'kon oynasida, kitob do'konidagi kitoblar orasida, metro bekatida, paromda uchratishingiz mumkin; Siz kafeda choy ichayotganingizda, u tizzangizga sakrab, zavq bilan uxlab qolishi mumkin.

Istanbuldagi va ehtimol dunyoning eng mashhur mushuki Ayasofiya mushuki sifatida tanilgan Gli.

Gli, 2004 yilda Ayasofyadagi xizmatchi kulbasi ostida tug'ilgan uchta boladan biri,

U 2020 yilda vafotigacha Ayasofyada yashadi va tashrif buyuruvchilarning diqqat markaziga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda yuz mingdan ortiq obunachiga ega bu yoqimli mushuk

Shuningdek, u Ayasofyaning ajoyib arxitekturasini aks ettiruvchi minglab fotosuratlarda ishtirok etdi.

Istanbul mushuklari bilan yaqinroq tanishishni istasangiz, Jeyda To’running 2016-yilda suratga olingan “Mushuk” hujjatli filmini tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz.


Tanlangan kalimalar: #Mushuklari , #Istanbul

Aloqador xabarlar